So’nggi yangiliklar

01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  0 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  9 00:36Европа Лигаси. "Манчестер Юнайтед" - ПАОК: Асосий таркиблар маълум  0 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   2 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  4 22:28Европа Лигаси. "Галатасарой" - "Тоттенхэм": Асосий таркиблар маълум  2 22:10Ямаль 21 ёшгача бўлган футболчилар рейтингида етакчи  13 21:50Европа Лигаси. "Юнион Сент-Жиллуаз" - "Рома": Шомуродов асосий таркибда  9

Futzal. SHuhrat Po'latov: “Osiyo va Evropa o'rtasida hakamlar almashinuvi bor” Yangiliklar

Futzal. SHuhrat Po'latov: “Osiyo va Evropa o'rtasida hakamlar almashinuvi bor”

Bu yil Vetnamda o'tkazilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida nafaqat o'yinchilarimiz, balki FIFA toifasidagi referiyimiz SHuhrat Po'latov ham ishtirok etdi.
Biz esa SHuhrat Po'latovni suhbatga chorladik.

-   Vetnam tashkiliy tomondan Osiyo chempionatini qay darajada o'tkaza oldi?
-   Umuman olganda Xo SHi Min shahriga uchinchi marotaba borishim bo'ldi. Bu shaharning imkoniyatlarini, qanday kutib olishi, qanday kuzatishi, musobaqani qanday o'tkazishini yaxshi bilardik. Qita birinchiligi boshqa daraja hisoblanadi, shunga qaramay Vetnamning tayyorgarligi juda yaxshi bo'ldi. O'yinlar oldingi kichik turnirlarda bo'lgani ikkita majmuada o'tkazildi.

O'zbekiston terma jamoasi guruh o'yinlarini o'tkazgan Universitet stadioni (“Ton Duc Thang University Stadium”)ni qaytadan qurishibdi. Juda katta majmua, hakamlar xonasi, jamoalar xonasi, matbuot vakillari uchun mo'ljallangan joylar hammasi alo darajada, kiyinish xonalari keng va shinam, barcha qulayliklarga ega. Mehmonxonalar borasida ham huddi shunday ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. Turnirda biz bilan birga ikkita evropalik hakamlar ham ishlashdi. Ular evropada o'zlariga yaratib beriladigan sharoitlar qanday bo'lsa, Xo SHi Minda ham o'shanday shart-sharoit yaratilganini takidlashdi.



-   Nima uchun Osiyo chempionatida evropalik hakamlar ham ishlashdi?
-   Sababi, Osiyo hamda Evropa o'rtasida shunday kelishuv bor, yani har ikkala qitada o'tkaziladigan musobaqalarda ikkala qita hakamlari bor ishlashadi. Bu futzal hakamlarining malakasini yanada oshirish maqsadida qilingan tadbir. Bu kelishuv 2012 yilgi Osiyo chempionatidan buyon kuchda. O'shanda ham Angliya va Finlyandiyadan ikkita hakam kelib biz bilan birga ishlagandi. Bu safar esa Xorvatiyadan Sasha Tomich hamda Ispaniyadan Fernando Lumbreraslar Osiyo chempionati o'yinlarini boshqarishdi. Ular oxirgi Evropa chempionatining finalini birga boshqarishgan. SHuning o'ziyoq bu ikki hakamning nihoyatda kuchli ekanligini ko'rsatib turibdi.

Osiyoda futzal hakamlari doimiy tarzda Malayziyaga borib malakaviy seminarlarda ishtirok etishadi. Malayziyada ham ispaniyalik insruktr Pedro Galand seminarlarni olib boradi.

-   Vetnamda terma jamoamizning o'yinlarini kuzatdingiz. Bahodir Ahmedov shogirdlari qayd etgan natijaning asosiy omili nimada deb o'ylaysiz?
-   Jamoamiz yangi o'yinchilardan iborat yosh jamoa hisoblanadi. Bahodir Ahmedov ham yaqindagina o'yinchilik faoliyatini tugatib murabbiylikka o'tgan yosh mutaxassis. Lekin u juda ham yaxshi jamoa shakllantira oldi, buni qayd etilgan natijaning o'zi ham ko'rsatib turibdi. Yigitlar oldilariga qo'ygan maqsadni ortig'i bilan bajarishdi, ular yaxshi paytda ham, og'ir vaziyatda ham bir-birlarini qo'llab-quvvatlashdi. Bu yo'lda murabbiylar shtabi, terma jamoa menejeri, shifokor, xullas hamma bir yoqadan bosh chiqarib harakat qildi.

-   Hakamlik ishingizdan ko'nglingiz to'ldimi?
-   Xo SHi Mindan hursand bo'lib qaytdik, u erda ettita o'yinni boshqardim.
Terma jamoamiz chorak finalda g'alaba qozonganidan so'ng men uchun Vetnamdagi ish o'z yakuniga etgan edi. Sababi, yarim finalga yo'l olgan mamlakatlarning hakamlari musobaqadagi faoliyatlarini tugatishar edi. Lekin, men oddiy muxlis sifatida oxirgi kungacha Xo SHi Minda qoldim. Uchinchi o'rin uchun o'yindagi g'alabadan so'ng o'yinchilarimiz bilan birga hursand bo'lib ularning medallarini ham taqib ko'rdik. Futzalchilarimizning quvonch ko'z yoshlarini ham ko'rdik.

Birinchi turda Qirg'iziston bilan durang qayd etilgani terma jamoamizning foydasiga xixmat qildi deb o'ylayman. CHunki, ana shu o'yindan so'ng o'yinchilarimiz o'zlariga kelib olishdi.



-   Norasmiy turnirlarda ham qatnashib turasizmi?
-   Turli xil mamlakatlarda o'tkaziladigan kichik turnirlarda juda ko'p bor qatnashamiz. Oxirgi marta o'tgan yili Quvaytda o'tkazilgan turnirda qatnashgan edim. O'shanda Osiyo, Evropa, Afrika, Janubiy Amerika qitalaridan jami 20 ta futzal jamoalari tashrif buyurishgan edi. O'yinlarni esa 2012 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan hakamlar boshqarib borishgan edi. Turnirning tashkiliy ishlariga alo baho qo'yish mumkin. Bizda ham shunga o'xshash turnirlarni o'tkazib turish kerak, buni juda katta foydasi bor.

-   Futzalda hakamlar borasida kadrlar muammosi bor, yosh hakamlarni tayyorlashga qanchalik etibor qaratilmoqda?
-   Bu fikrga qo'shilaman, chunki futzalda nafaqat hakamlar, balki boshqa mutaxassislar ham ko'p emas. Boshqa tomondan biz ham oz vaqt ichida FIFA hakami bo'lib qolmaganmiz. Bunga bir necha yillar kerak bo'ladi.

FIFA hakami bo'lish uchun ingliz tilini bilishi, o'z mamlakatining oliy ligasida kamida ikki yil hakamlik qilgan bo'lishi, yoshi 25 dan o'tgan bo'lishi kabi bir qancha talablari bor. Hozirda Sergey Petrov FIFA hakamilikka davogar va u maxsus talablarni bajarmoqda. Bundan tashqari, Iskandar Zoitov hamda Umid Po'latovlar ham FIFA hakami bo'lish uchun nomzod hisoblanishadi.

Aslida FIFA har yili kamida 3-4 ta nomzod berishimizni so'raydi, lekin uning talablariga to'g'ri keladigan hakamlarimiz ko'p emas. FIFAla hakamlikni boshlash uchun 25-35 yosh oralig'ida bo'lish lozim, 45 yoshda esa tugatishadi. O'zbekiston chempionatida esa 48 yoshgacha hakamlik qilish mumkin.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика