So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

Futzal. "Sevinch" - 12 karra O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

Futzal. "Sevinch" - 12 karra O'zbekiston chempioni!

Teglar :  Sevinch
Bugun ayollar o'rtasida mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.

Mazkur musobaqada "Sevinch" jamoasi 12-marta ishtirok etdi va o'z tarixidagi 12-chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoamiz mini futbol bo'yicha yurtimizda tengi yo'q jamoa ekanligini yana bir marta isbot qildi.

“Sevinch” jamoamiz bugun mazkur chempionatning so'nggi uchrashuvini Toshkentning “SMRI” jamoasiga qarshi o'tkazdi va 8:1 hisobida g'alaba qozondi. SHunday qilib, jamoamiz mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionatidagi barcha uchrashuvlarda to'liq natija ko'rsatib, hammasida g'alaba qozondi.

Mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionati, 2-bosqich, 3-tur

“SMRI” (Toshkent) – “Sevinch” (Qarshi) 1:8

Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 27.03.2016 yil.

Hakamlar: 
Kristina Sereda (Toshkent), Nigora Muxamadieva (Termiz), Dilfo'za Ro'zieva (Qarshi), Zilola Rahmatova (Qarshi)

Gollar: Feruza Turdiboeva, 2′-0:1, 32′-0:6, Saida Xandamova, 24′-0:2, Tanzilya Zarbieva, 30′-0:3, Ilvina Ablyakimova, 31′-0:4, 32′-0:5, SHodiya Tosheva, 34′-1:7, SHaxzoda Jamolova, 38′-1:8

“SMRI”: 1.Dinora Abdirasulova, 16.Alina Demyanenko, 3.Dilrabo Asadova, 10.Gulnora Azamova, 11.Darina Fedosenko, 12.Laylo SHodieva, 15.Madina Tursunova.

“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova, 5.Mahliyo Yusupova, 7.Feruza Turdiboeva, 10.Zebo Jo'raeva(s), 4.Saida Xandamova, 11.SHaxzoda Jamolova, 18.Kamola Risqieva, 17.Tanzilya Zarbieva, 77.SHodiya Tosheva, 25.Ilvina Ablyakimova, 16.Matluba Abdirasulova.

Ogohlantirishlar: Dilrabo Asadova 29  -  SHaxzoda Jamolova 15, Ilvina Ablyakimova 25



Bugungi uchrashuvlarning  hammasi nihoyasiga etdi. Mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionatidagi g'oliblar ham malum bo'ldi,  o'rinlar qo'yidagicha taqsimlandi.

1-o'rin “Sevinch” (Qarshi) jamoasi
2-o'rin “Andijanka” (Andijon) jamoasi
3-o'rin “To'maris” (Xorazm vil.Yanigbozor sh.) jamoasi

Bugun shuningdek chempionat g'oliblarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda “Sevinch” jamoasiga oltin medallar va diplom, “Andijanka” jamoasiga kumush medallar va diplom, “To'maris” jamoasiga bronza medallari va diplom tpshirildi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston ayollar futboli Assosaciyasining bir guruh rasmiylari hozir bo'lishdi. SHuningdek g'oliblarga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli futbol sharhlovchisi, bu yil muborak 80 yoshini nishonlagan Axbor Imomxo'jaev o'zi haqida yaqinda H.Musurmonova muallifligida nashrdan chiqqan “O'zimizning Abor aka” nomli kitobini dastxatlari bilan esdalik uchun barcha g'oliblarga topshirdilar.

SHunday qilib, “Sevinch” jamoamiz o'z tarixida mini futbol bo'yicha 12-marta O'zbekiston chempioni bo'ldi!

Ushbu taqdirlash marosimidan olingan fotosuratlar jamlanmasini saytimiz orqali keyinroq elon qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика