So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Futzal. Qirg'izistonning Osiyo chempionati uchun yakuniy tarkibi malum bo'ldi Yangiliklar

Futzal. Qirg'izistonning Osiyo chempionati uchun yakuniy tarkibi malum bo'ldi

Teglar :  FutzalQirg'iziston
Futzal bo'yicha Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Polxovskiy 2016 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan o'yinchilar ro'yxatini elon qildi.

Qirg'iziston terma jamoasi 23 yanvardan buyon Moskva shahrida yig'in o'tkazmoqda. Jamoa 6 fevralga qadar shu erda mashg'ulot o'tkazadi. Bu haqda Qirg'iziston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Rossiya poytaxtida Qirg'iziston ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Dastlab 2014 yilgi Rossiya chempioni Dina klubiga qarshi o'yin bo'ladi. Ikkinchi bahs “Norilskiy Nikel” klubiga qarshi tashkil etiladi. 6 fevralda jamoa Toshkent shahriga uchib keladi. Osiyo chempionatidan oldin qirg'izlar Xitoy Taypei bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirishgan.


 
Tarkibda 16 nafar futzalchi bor (3 nafar darvozabon):
Kirill Ermolov (MFK Inta. Aktau, Qozog'iston)
Marlis Degimbaev (FK “Morport”. Aktau, Qozog'iston)
Nikolay SHamonin (MFK Farvater. Bishkek, Qirg'iziston)
Kanimet Aralbaev (FK Emgek. Bishkek, Qirg'iziston)
Azat Isabekov (FK Emgek. Bishkek, Qirg'iziston)
Erkin Tabaldiev (FK Emgek. Bishkek, Qirg'iziston)
Rustam Ermekov (FC Izqilar. Urumchi, Xitoy)
Ruslan Ermekov (FC Izqilar. Urumchi, Xitoy)
Nurjan Jetibaev (FC Izqilar. Urumchi, Xitoy)
Emil Kanetov (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Ulanbek Baygazi uulu (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Maksadbek Alimov (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Ilyas CHotbaev (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Mirlanbek Abdikadirov (klubsiz)
Evgeniy Malinin (MFK Farvater. Bishkek, Qirg'iziston)
Dilshat Kadirov (MFK Muras. Jeti-Oguz, Qirg'iziston)

 
Eslatib o'tamiz, 10-21 fevral kunlari Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Qirg'iziston terma jamoasi A guruhida Livan, Saudiya Arabistoni va O'zbekistonga qarshi o'ynaydi. Ilk turda Qirg'iziston Livanga qarshi o'ynaydi. Bahs 10 fevral kuni O'zbekiston sport markazida bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика