Futzal. Qirg'izistonning Osiyo chempionati uchun yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016, 15:58
Futzal bo'yicha Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Polxovskiy 2016 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan o'yinchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Qirg'iziston terma jamoasi 23 yanvardan buyon Moskva shahrida yig'in o'tkazmoqda. Jamoa 6 fevralga qadar shu yerda mashg'ulot o'tkazadi. Bu haqda Qirg'iziston futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Rossiya poytaxtida Qirg'iziston ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Dastlab 2014 yilgi Rossiya chempioni Dina klubiga qarshi o'yin bo'ladi. Ikkinchi bahs “Norilskiy Nikel” klubiga qarshi tashkil etiladi. 6 fevralda jamoa Toshkent shahriga uchib keladi. Osiyo chempionatidan oldin qirg'izlar Xitoy Taypei bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirishgan.


 
Tarkibda 16 nafar futzalchi bor (3 nafar darvozabon):
Kirill Ermolov (MFK Inta. Aktau, Qozog'iston)
Marlis Degimbaev (FK “Morport”. Aktau, Qozog'iston)
Nikolay Shamonin (MFK Farvater. Bishkek, Qirg'iziston)
Kanimet Aralbaev (FK Emgek. Bishkek, Qirg'iziston)
Azat Isabekov (FK Emgek. Bishkek, Qirg'iziston)
Erkin Tabaldiev (FK Emgek. Bishkek, Qirg'iziston)
Rustam Ermekov (FC Izqilar. Urumchi, Xitoy)
Ruslan Ermekov (FC Izqilar. Urumchi, Xitoy)
Nurjan Jyetibaev (FC Izqilar. Urumchi, Xitoy)
Emil Kanetov (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Ulanbek Baygazi uulu (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Maksadbek Alimov (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Ilyas Chotbaev (MFK Dinamo. Jalol-Obod, Qirg'iziston)
Mirlanbek Abdikadirov (klubsiz)
Evgeniy Malinin (MFK Farvater. Bishkek, Qirg'iziston)
Dilshat Kadirov (MFK Muras. Jeti-Oguz, Qirg'iziston)

 
Eslatib o'tamiz, 10-21 fevral kunlari Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Qirg'iziston terma jamoasi A guruhida Livan, Saudiya Arabistoni va O'zbekistonga qarshi o'ynaydi. Ilk turda Qirg'iziston Livanga qarshi o'ynaydi. Bahs 10 fevral kuni O'zbekiston sport markazida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia