So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  1 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Futzal. O'zbekiston termasi bugun guruh etakchiligi uchun Qirg'iziston bilan bellashadi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston termasi bugun guruh etakchiligi uchun Qirg'iziston bilan bellashadi

Eronning Tabriz shahrida bugun, 17 oktyabr kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi so'nggi, 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan 15:30 da guruh etakchilari O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari bir-biriga qarshi ro'baro keladi. Ushbu o'yinda g'alaba qozongan jamoa guruh etakchisiga aylanadi. Agar durang qayd etilsa, Bahodir Ahmedov shogirdlari yaxshiroq to'plar nisbati evaziga guruhni 1-o'rin bilan tugatadi. So'nggi tur oldidan turnir jadvali quyidagi ko'rinishni olgan.


O'zbekiston termasi bugungi o'yinni ko'k formalarda o'tkazadi. Raqib Qirg'iziston esa oq liboslarda maydonga tushadi.


Qayd etish joiz, O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari kecha, 16 oktyabr kuni mos ravishda Turkmaniston (4:2) va Nepalni (5:0) mag'lubiyatga uchratib, muddatidan avval OCH yo'llanmasiga ega bo'ldi.

“A” guruhi 3-turining hech qanday ahamiyatiga ega bo'lmagan o'yinda Nepal va Turkmaniston o'zaro kuch sinashadi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “B” guruhida ham OCH chiptasini qo'lga kiritgan jamoalar nomi malum bo'lib ulgurdi. Eron dastlabki o'yinda Afg'onistonni 8:2 hisobida mag'lub qilgan bo'lsa, Tojikiston termasi afg'onistonlik futzalchilarni qiyinchilik bilan 4:3 hisobida engdi. Demak, Eron va Tojikiston OCH yo'llanmasini naqd qildi va ular o'rtasida bo'lib o'tadigan bugungi o'yin natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Futzal bo'yicha OCH saralashi

“A” guruhi, 3-tur

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston 

18:00  Turkmaniston – Nepal

Malumot uchun, Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика