Futzal. O'zbekiston terma jamoasida uch nafar o'yinchi debyut qildi

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2015, 15:32
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Qirg'iziston terma jamoalari o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi.
Bu jamoalar bugun va ertaga yana ikkita bahsda bellashadilar.
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida bir yo'la 3 nafar o'yinchi debyut qildi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi a'zolari Toxir Abdurazzoqov va Feruz Faxriddinov, shuningdek "Kogon" vakili Ilhom Xamroevlarga Xose Mendez debyut qilish imkoniyatini yaratib berdi.

Ilhom Xamroev oldin ham terma jamoa yig'iniga chaqirilgan, hattoki 7-8 fevral kunlari Riga shahrida Latviya terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida qaydnomaga kiritilgan. ammo umuman o'ynamagan edi. Demak, Xamroev ham kecha rasman terma jamoadagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia