Futzal. O'zbekiston terma jamoasining Tojikistonga yo'l olgan tarkibi
04 avg 2017 11:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/268783_original.jpg)
![](/upload/storage/268783_220.jpg)
Futzal. O'zbekiston terma jamoasining Tojikistonga yo'l olgan tarkibi
O'rtoqlik o'yinlari Tojikistonning Xo'jand shahrida bo'lib o'tadi.
Quyida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Tojikistonga olib ketgan o'yinchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.
O'zbekiston terma jamoasining Tojikistonga yo'l olgan tarkibi:
Darvozabonlar: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov.
O'yinchilar: Feruz Faxriddinov, Alisher Ibragimov, Timur Berdiev, Anasxon Rahmatov, Ilhom Xamroev, Mashrab Odilov, Timur Sadirov, Akbar Usmonov, Islom Bituraev, Ixtiyor Ropiev, Xushnur Erkinov, Alan Aminov, Husniddin Nishonov, Botir Rizaev.
Terma jamoamiz ayni paytda Tojikistonga yo'l olgan.
Bo'lajak o'yinlar O'zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo'lib o'tadigan 2017 yilgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Malumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o'yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar