So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda + FOTO Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda + FOTO

SHu yilning sentyabr oyida Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Hisob bo'yicha beshinchi Osiyo o'yinlarining futzal bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig'inni davom ettirmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Ertalabki mashg'ulot 10:00da, kechqurungisi esa 17:00da "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tmoqda. Tayyorgarlik jarayonida asosiy etibor to'p bilan ishlash, o'yin payti yuzaga keladigan vaziyatlar va standart vaziyatlar ustida ishlashga qaratilmoqda. Hozircha, mashg'ulotlarda 16 nafar o'yinchi ishtirok etmoqda. Yakunda ulardan 14 nafari Ashxobodga yo'l oladi. Bahodir Ahmedov tez orada yakuniy tarkibni elon qiladi.

O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan futzalchilar:

Darvozabonlar: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov.

O'yinchilar: Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Feruz Faxriddinov, Ilhom Hamroev, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Davron Abdurahmonov, Davron CHoriev, Artur Yunusov, Alan Aminov, Konstantin Sviridov, Timur Sadirov, Husniddin Nishonov, Ixtiyor Ropiev.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Ashxoboddagi turnirda Xitoy, Afg'oniston, BAA va Maldiv terma jamoalariga qarshi "B" guruhida bahs olib boradi.

O'zbekiston terma jamoasi 1-turni 18 sentyabrda BAAga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика