So’nggi yangiliklar

16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  0 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi yig'inni boshladi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi yig'inni boshladi

Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beruvchi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan 10:00 va 17:00 larda o'tkaziladi.

Oxirgi yig'inda ishtirok etganlardan Davron Abdurahmonov va Eldor Hoshimov bu safar terma jamoaga chaqirilmagan. Ularning o'rniga Xitoyning "Gansu Masrey" klubi sharafini himoya qilayotgan SHuhrat Tojiboev taklif etilgan.

Bugun ertalabki mashg'ulotda barcha futzalchilar to'liq ishtirok etishdi, hech kimda jarohat yo'q. Mashg'ulotda asosiy etibor o'yin paytida yuzaga keladigan vaziyatlardan unumli foydalanishga qaratildi.

Ushbu yig'in 20 yanvarga qadar davom etadi. 21 yanvar kuni vakillarimiz Qozog'iston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Olma-Ota shahriga uchib ketishadi. Qo'shnilarimizga qarshi o'yinlar 22 va 23 yanvarga mo'ljallangan.

Ushbu yig'inga quyidagi futzalchilar chaqirildi.

#

Ismi

Familiyasi

Jamoasi

1

Rustam

Umarov

“Olmaliq”

2

Klim

Tyugaev

“Olmaliq”

3

Akmal

Xazratqulov

“Do'stlik-AIN”

4

Feruz

Faxriddinov

“Do'stlik-AIN”

5

Konstantin

Sviridov

“Olmaliq”

6

Javlon

Anorov

“Olmaliq”

7

Sunnat

Kuralov

“Olmaliq”

8

Andrey

SHlema

“Olmaliq”

9

Jamoliddin   

SHaripov

“Olmaliq”

10  

Farhod

Abdumavlonov  

“Ardus”

11

Dilshod

Rahmatov

“Ardus”

12

Davron

CHoriev

“Ardus”

13

Dilshod

Irsaliev

“Ardus”

14

Nodir

Eliboev

“Ardus”

15

Ilhom

Hamroev

“Ardus”

16

Artur

Yunusov

“Ardus”

17

SHuhrat

Tojiboev

“Gansu Masrey” 


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasi Qirg'iziston, Livan hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.


Takidlab o'tish kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinni egallagan terma jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика