Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qatar bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
28 okt 2015 12:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/186966_original.jpg)
![](/upload/storage/186966_220.jpg)
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qatar bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida Qatar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Qatarliklar O'zbekiston futzal associaciyasi (O'FA)ga taklif bilan chiqishgan.
Xose Mariya Mendez (Pulpis) boshchiligidagi terma jamoamiz 5-10 dekabr kunlari Doxada yig'in o'tkazadi va Qatar milliy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtiriladi. Barcha harajatlarni Qatar futbol federaciyasi ko'taradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi kelasi yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar