Futzal. O'zbekiston bugun Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston bugun Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 2-turini bugun, 16 oktyabr kuni Turkmaniston termasiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuv mahalliy vaqt bilan 16:30 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da boshlanadi. Bu o'yindan avval esa Qirg'iziston va Nepal termalari o'zaro bahs olib borishadi.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Ahmedov shogirdlari kecha, 15 oktyabr kuni Nepalga qarshi kuch sinashib, 14:1 hisobida zafar quchdi. Qirg'iziston esa irodali tarzda Turkmaniston ustidan g'alaba qozondi. 1-turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish olgan.

 

16 oktyabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg'iziston
18:00  Turkmaniston – O'ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston
18:00  Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Malumot uchun, guruhda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика