Futzal: O'zbekiston milliy terma jamoasi EREMni mag'lub etdi
22 iyu 2019 17:42
Yangiliklar


Futzal: O'zbekiston milliy terma jamoasi EREMni mag'lub etdi
Terma jamoamiz yig'in doirasida 2 ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Har ikki o'yinda ham terma jamoamizga qo'shni Qirg'izistonning etakchi klubi – EREM raqiblik qiladi.
Bugun dastlabki bahs “Bunyodkor” akademiyasi zalida tashkil etildi. Qiziqarli tarzda kechgan o'yinda Bahodir Ahmedov ushbu yig'inga jalb etilgan barcha 18 nafar futzalchini sinab ko'rdi. Yakunda vakillarimiz 6:5 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'zbekiston m.t.j. – EREM (Qirg'iziston) 6:5
Gollar: Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov (2), Ravshan Ismatullaev, Botir Rizaev, Sunnat Jo'raev – Muhsin Bashir (2), Yuldashbay Salimbaev, Saginndik Akimbaev, Beksultan Nazarov.
Ikkinchi nazorat bellashuvi esa 24 iyul kuni bo'lib o'tadi. Takidlash joiz, ushbu yig'in 26 iyul sanasiga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar