So’nggi yangiliklar

00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 00:21ЕЧЛ. "Боруссия Д" – "Интер", ПСЖ – "Ньюкасл" ва бошқа эътиборли учрашувларнинг бошланғич таркиблари маълум  0 00:10ЕЧЛ. "Барселона" – "Копенгаген". Таркиблар аниқ!  1 00:02ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  6 23:56ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Галатасарой". Ҳусанов асосий таркибда!  4 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  1 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  7 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  5 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  20 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  38

Futzal. O'zbekiston ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi! Iqbolning 3 ta goli Malayziyani mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi! Iqbolning 3 ta goli Malayziyani mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyaga qarshi o'yin o'tkazdi.

Uchrashuv 18:00dan boshlandi. 

O'yin Farg'onadagi "Samo" sport majmuasida bo'lib o'tdi.

Ajoyib kombinaciyadan keyin Ixtiyor Ropiev hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi.  

Ikkinchi bo'lim boshida terma jamoamiz navbatdagi burchak to'pini o'yinga kiritdi va raqibning bor etibori maydon burchagidagi ikki futbolchimizga qaratilganida Davron CHoriev darvoza oldida yolg'iz qoldi va o'ziga uzatilgan to'pni osonlik bilan darvozaga yo'llab qo'ydi. 

Raqib o'yinni markazdan boshlab darhol hujumga tashlandi, darvozabon ham markazga yaqin zonada kombinaciyada ishtirok etayotganida to'p vakillarimiz tomonidan olib qo'yildi va Elbek To'lqinov markazga ham etmagan nuqtadan to'pni darvozaga yo'llab qo'ydi.

Sen urmasang senga urishadi... Jamoamiz Sunnatilla Jo'raev yo'llagan to'p bo'sh darvozaga kirishni "istamadi" va ustunga tegib qaytdi, javob hujumini esa Sayir Iqbol Xon kuchli zarbasi bilan yakunladi — 1:3 

Dilshod Rahmatov jamoamizning to'rtinchi goliga muallif bo'ldi. 

Qolgan daqiqalarda esa Sayir Iqbol Xon yana ikkita gol urdi. Xet-trik qayd etgan bo'lsada, uning harakatlari Malayziyani mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.  


O'zbekiston - Malayziya 4:3
Gol: Ixtiyor Ropiev 1:0; Davron CHoriev 2:0; Elbek To'lqinov 3:0; Dilshod Rahmatov 4:1 — Sayir Iqbol Xon 3:1; 4:2; 4:3.

O'zbekiston (asosiy beshlik): 1. Ravshan Elibaev, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhomjon Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron CHoriev.
Zaxira: Botirov, Odilov, Jo'raev, Rahmatov, Elbek To'lqinov, Solihov, Elmurodov, Axmetzyanov, Rahmatullaev. 


Malayziya (asosiy beshlik): 2. Abu Xanifa bin Hasan, 3. Muhammad Azri Rahman, 11. Muhammad Saad Sani, 13. Muhammad Ekmal SHaxrin, 14. Zaynulzaxin Sinuan.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика