Futzal. O'zbekiston Kubogining chorak va yarim finali 3-4 mart kunlari o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
26 fev 2015, 16:14
Futzal bo'yicha bu yilgi O'zbekiston chempionati tur o'yinlari o'z nihoyasiga etdi.
Pley-off bellashuvlariga qadar jamoalar O'zbekiston Kubogi chorak va yarim final bahslarida o'zaro bellashadilar. Ushbu uchrashuvlar 3-4 mart sanalarida "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.

O'zbekiston Kubogi chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

"Olmaliq" - O'zSQB
"Ardus" - "Kogon"
"Nasaf" - "Bunyodkor"
"Maksam-Chirchiq" - "Do'stlik-AIN"

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia