Futzal. O'zbekiston chempionati finali 14-19 mayda o'tkaziladi
01 may 2015 16:59
Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston chempionati finali 14-19 mayda o'tkaziladi
Futzal bo'yicha 2014-2015 yilgi Oliy liga bahslarining hal qiluvchi finaliga ham etib keldik.
Finalda Toshkent viloyatining "Olmaliq" hamda Toshkentning "Ardus" jamoalari o'zaro bellashadilar. O'yinlar 14-19 may kunlari bo'lib o'tadi, 17 may dam olish kuni. Final bir jamoaning uchta g'alabasiga qadar davom etadi.
Final bilan bir vaqtda uchinchi o'rin uchun ham o'yinlar o'tkaziladi. Unda Buxoroning "Kogon" hamda Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoalari o'zaro kurash olib borishadi. Bronza medallari uchun o'yinlar bir jamoaning ikkita g'alabasiga qadar davom etadi.
Barcha uchrashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempionatining amaldagi g'olibi Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi hisoblanadi.

Fikrlar