Futzal. O'zbekiston bugun Tojikiston bilan o'ynaydi
29 sen 2022 07:52
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston bugun Tojikiston bilan o'ynaydi
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi 2-tur uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu o'yinda Bahodir Ahmedov shogirdlariga Tojikiston terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.
Mazkur o'yinda futzalchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz birinchi turda Turkmaniston terma jamoasini 8:0 hisobida mag'lub etgandi. Tojikiston esa Bahrayndan 4:3 hisobida ustun kelgandi.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 0

Fikrlar