So’nggi yangiliklar

02:50Миллатлар лигаси. Италияда кичик, Англияда йирик ғалаба, Франция эса...  0 02:38Мана бу жиддий йўқотиш: Лаосда Шомуродовсиз ўйнаймиз  3 02:05Аҳмед Фатҳи: "Иккинчи бўлимда хатоларга йўл қўйдик, аммо ўйин сўнгида ғалабани илиб кетдик"  0 01:48Маркес Лопес: "Биринчи бўлимда барча жабҳаларда рақибдан устунроқ эдик"  11 01:44Аморим "Ипсвич"га қарши ўйинда МЮни бошқарадими?  0 00:55"Реал"нинг навбатдаги мураббийи аниқ...ми?  0 00:16Сречко Катанец: "Қандай қилиб сўнгги дақиқада оддий гол ўтказдик, буни билмайман" (тўлиқ)  94 23:54Катанец қўл остидаги иккинчи расмий мағлубият  77 23:35ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Сўнгги сонияда ютқаздик  88 23:30ЖЧ-2026 саралаши. БАА - Қирғиз Республикаси баҳси якунланди  19 23:23ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон 90+12 дақиқада ўтказилган гол эвазига Қатар майдонида мағлубиятга учради  1087 22:59Маттейс де Лигт: "Фақатгина тен Хаг учун МЮга ўтмаганман. Бу жуда катта клуб"  1 22:32Биринчи бўлимдаги фалокат  35 22:08Миллатлар лигаси. Қозоғистон Австрияга мағлуб бўлди ва B дивизиондан тушиб кетди  6 21:33Расман: "Рома"нинг янги бош мураббийи эълон қилинди, Шомуродов собиқ мураббийи билан ишлайди  3

Futzal. Osiyo kubogi saralashidagi raqiblarimiz haqida Yangiliklar

Futzal. Osiyo kubogi saralashidagi raqiblarimiz haqida

Bugun 2024 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi.

Saralash bosqichida 31 ta terma jamoa ishtirok etadi. Savatchalarga taqsimlashda 2022 yilgi Osiyo kubogidagi natijalarga asoslanilgan.

2024 yilda o'tkaziladigan futzal bo'yicha Osiyo kubogining final bosqichiga jami 16 ta terma jamoa yo'llanmani qo'lga kiritadi, yani saralash bosqichida guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri Osiyo kubogi ishtirokchisiga aylansa, sakkiz guruhdan eng yaxshi natijani qo'lga kiritgan 7 ta terma jamoa ham hal qiluvchi bosqich yo'llanmasiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichi 2023 yilning 2–13 oktyabr kunlari o'tkaziladi. O'zbekiston joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimizda bo'lib o'tadi.

Agarda saralash bosqichi boshlanishidan avval 2024 yilgi turnir mezboni aniqlanmasa, barcha guruhda ikkinchi o'rin sohiblari final bosqichi ishtirokchisiga aylanadi.

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "G" guruhida Iroq, Malayziya va Kambodjaga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar

O'zbekiston — Kambodja (7 oktyabr)

Malayziya — O'zbekiston (9 oktyabr)

O'zbekiston — Iroq (11 oktyabr)

Raqiblar haqida nimalarni bilishimiz lozim?

Kambodja


FIFA reytingida 109-o'rinda borayotgan Kambodja guruh autsayderi hisoblanadi. Ular Osiyo kubogida atigi bir marotaba ishtirok etishgan va 2004 yilgi Makao orollaridagi turnirda guruh bosqichidayoq o'z ishtirokini yakunlagan.

SHuningdek, terma jamoa janubiy-sharqiy osiyo mamlakatlari o'rtasida o'tkaziladigan AFF Futsal Championship'da qatnashib keladi. Tailand uchun ataladigan ushbu turnirda Kambodjaning eng yaxshi natijasi 4-o'rin sanaladi.

Jamoa tarkibida legionerlar yo'q (o'tgan musobaqadagi tarkibga asosan). Futbolchilar mahalliy chempionatda to'p tepishadi.


Malayziya

Malayziya FIFA reytingida 67-pog'onani egallab turibdi. Terma jamoa so'nggi ikki Osiyo kubogida saralash bosqichidan o'ta olmagan. SHunga qaramasdan, Malayziya qitaning asosiy turnirida ko'p marotaba ishtirok etgan, biroq pley-off bosqichiga chiqish baxtiga muyassar bo'lmagan.

Bundan tashqari, janubiy-sharqiy Osiyo mamlakati 1996 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan, ammo guruh bosqichidayoq mundial bilan xayrlashgan.

Malayziya Okeaniya futbol konfederaciyasi chempionatida ham ishtirok etib keladi. Bo'lajak raqibimiz 2014 yil ushbu musobaqada zafar quchgan.

AFF Futsal Championship'da esa 5 marta finalga qadar etib borgan.

Malayziya tarkibi ham o'zgarishlardan holi bo'lsa, mahalliy chempionat futbolchilaridan iborat. 

Jamoa O'zbekiston bilan 9 marotaba kuch sinashgan va barchasida mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati: 15-64.


Iroq


FIFA reytingida 41-o'rinni egallab turgan iroqliklar saralashdagi asosiy raqibimiz sanaladi. Muhammad Nozimshari shogirdlari 2022 yilgi qita musobaqasida guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunlagandi. Termaning eng yaxshi natijasi 4-o'rin hisoblanadi, 2018 yilgi turnirning 3-o'rin uchun bahsida iroqliklar aynan O'zbekiston terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ygan. 

Iroq - O'zbekiston 4:4 (1:2 pen.)

Gollar: CHoriev 3, Yunusov 26, 39, Hamroev 28.

O'zbekiston (asosiy tarkib): 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.

Zaxiradagilar: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 10.Davron CHoriev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod SHavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov

O'tgan yili ham jamoalar o'rtasida Toshkentda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Dastlabki bellashuvda hamyurtlarimiz 5:4 hisobida zafar quchgan bo'lsa, keyingi bahsda Iroq 2:0 hisobida ustun kelgan.

Iroqliklar Arab mamalakatlari o'rtasida o'tkaziladigan chempionatda ham muntazam ishtirok etib keladi. O'tgan yilgi turnirda ular finalga qadar etib borgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика