Futzal. Osiyo kubogi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi kim bo'ladi? (A guruhidagi vaziyat)
30 sen 2022 00:50
Yangiliklar
Futzal. Osiyo kubogi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi kim bo'ladi? (A guruhidagi vaziyat)
Guruhdagi dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozongan O'zbekiston futzal terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni kafolatlab, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi. O'zbekiston futzal terma jamoasining chorak finaldagi raqibi A guruhida ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa bo'ladi.
A guruhida esa intriga uchinchi turgacha saqlanib turibdi. Hozirgina Tailand va Quvayt terma jamoalari o'zaro durang qayd etishdi. A guruhida ikkinchi turdan keyin 4 ochko bilan Quvayt terma jamoasi birinchi o'rinni band etgan. Xuddi shuncha ochko to'plagan Tailand terma jamoasi esa to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi o'rinda. Uch ochkoga to'plagan Iroq termasi ham oxirgi turda pley-off yo'llanmasi uchun kurashadi.
SHunday qilib, O'zbekistonning raqibi uchinchi turdan so'ng malum bo'ladi. A guruhidagi uchinchi tur o'yinlari:
A guruhi
1 oktyabr, 3-tur
Tailand - Ummon
Quvayt - Iroq
Fikrlar