So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Futzal. Osiyo chempionati ochilish marosimida muxlislarni syurpriz kutmoqda Yangiliklar

Futzal. Osiyo chempionati ochilish marosimida muxlislarni syurpriz kutmoqda

10 fevral sanasida futzal bo'yicha XIV Osiyo chempionatiga start beriladi.

Poytaxtimiz mezbonlik qiluvchi qita birinchiligining "A" guruhidagi davtlabki o'yin Livan hamda Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Bellashuv 16:00 da "O'zbekiston" sport saroyida boshlanadi. Barcha muxlislarni ushbu bahsga taklif etib qolamiz. Livan - Qirg'iziston uchrashuvidan keyin 18:00 da "O'zbekiston" sport saroyida Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Ochilish marosimida hali futzalda qo'llanmagan lazer shouga guvoh bo'lishingiz mumkin. Marosim muxlislarni hayratda qoldirishi shubhasiz. Bir so'z bilan aytganda 10 fevral kuni "O'zbekiston" sport saroyiga tashrif buyuring va barchasini o'z ko'zingiz bilan kuzating.

SHu kuni 19:00 da esa O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi "yurishi"ni boshlaydi. Vakillarimiz birinchi turda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi.

Bundan tashqari, shu kuni "Universal" Sport va gimnastika saroyida "B" guruhi vakillari birinchi tur uchrashuvlarini o'tkazishadi. 16:00 da Iroq - Xitoy, 19:00 da esa Eron - Iordaniya o'yini o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida dastlabki beshta o'rinni band etgan terma jamoalar shu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика