Futzal: Osiyo chempionati ishtirokchilaridan Toshkentga birinchi bo'lib Vetnam etib keladi
27 jan 2016 17:48
Yangiliklar


Futzal: Osiyo chempionati ishtirokchilaridan Toshkentga birinchi bo'lib Vetnam etib keladi
Musobaqaning mehmon ishtirokchilaridan birinchi bo'lib Toshkentga futzal bo'yicha Vetnam terma jamoasi etib keladi. Ushbu terma jamoa musobaqa o'tkazilayotgan davlat iqlimiga moslashish, turnir oldidan bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish maqsadida Toshkentga barchadan avval kelishga qaror qilgan.
Takidlash kerakki, Vetnam terma jamoasi 1 fevral sanasida futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Vetnam bilan o'yindan so'ng, 6 fevral kuni Iordaniyaga qarshi yana bir nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Qita birinchiligi final bosqichi uchun tashlangan qura natijasiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasiga Saudiya Arabistoni, Qirg'iziston hamda Livan jamoalari raqib bo'ladi.
Takidlash kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinini egallagan jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar