Raqiblarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ga qura tashlandi
06 dek 2019 15:31
Yangiliklar


Raqiblarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ga qura tashlandi
Qura Ashxoboddagi “Olimpiya mehmonxonasi”da o'tkazildi. Unga ko'ra, 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratildi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Vakillarimizga guruhda Bahrayn, Xitoy va Indoneziya terma jamoalari raqiblik qilishadi.
"A" guruhi
1. Turkmaniston
2. Vetnam
3. Tojikiston
4. Ummon
"B" guruhi
1. Yaponiya
2. Livan
3. Qirg'iziston
4. Quvayt
"C" guruhi
1. O'zbekiston
2. Bahrayn
3. Xitoy
4. Indoneziya
"D" guruhi
1. Eron
2. Tailand
3. Janubiy Koreya
4. Saudiya Arabistoni
Eslatib o'tamiz, Ushbu qita birinchiligi 2020 yil Litvada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma beradi. Mundialda Osiyo qitasidan 5ta jamoa ishtirok etadi.
- Qura jarayoni boshlandi.
- Mezbon mamlakat vakili, OFK vakili SHin Mangil hamda Turkmaniston terma jamoasi sardori so'zga chiqdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi birinchi savatchadan joy olgan. Bizdan tashqari, birinchi savatchada mezbonlar Trukmaniston termasi, shuningdek Eron va Yaponiya joy olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar