Futzal. O'rtoqlik o'yini. Belarus – O'zbekiston - 3:5
04 dek 2015 08:11
Yangiliklar
Futzal. O'rtoqlik o'yini. Belarus – O'zbekiston - 3:5
Bir kun oldin Minsk shahridagi “Mapid” sport majmuasida bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishgandi. Kecha bo'lib o'tgan o'yinda esa Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi.
O'rtoqlik uchrashuvi, 03.12.2015
Belarus – O'zbekiston 3:5
Gollar: - K.Sviridov, J.Anorov, D.CHoriev. F.Faxriddinov, avtogol
O'zbekiston (Birinchi beshtalik): Klim Tyugaev, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Davron CHoriev, Dilshod Irsaliev.
Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Javlon Anorov, Andrey SHlema, Ilhom Hamroev, Nodir Eliboev, Feruz Faxriddinov, Jamoliddin SHaripov, Sunnat Kuralov, Davron Abdurahmonov.
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Livan va Qirg'izistonga qarshi maydonga tushadi. Belarus terma jamoasi esa Evropa chempionatining saralash guruh bosqichida Xorvatiya (10 dekabr), Ozarbayjon (11 dekabr) va SHveciya (13 dekabr) bilan hisob-kitob qiladi.
Evropa chempionatining final bosqichi Xorvatiyaning Osiek shahrida o'tkaziladi. Osiyo chempionati esa 10-21 fevral kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, bugun terma jamoamiz delegaciyasi Minsk shahridan Moskvaga, u erdan Dohaga yo'l oladi. 5-10 dekabr kunlari Qatar poytaxtida yig'in va ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar