Futzal. OCH-2014 saralash:O'zbekiston saralash bahslarini yirik g'alaba bilan boshladi
05 noy 2013 23:46
Yangiliklar


Futzal. OCH-2014 saralash:O'zbekiston saralash bahslarini yirik g'alaba bilan boshladi
O'zbekiston futzal terma jamoasiTurkmanistonga qarshi uchrashuvning 22-soniyasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi – Artur Yunusov uchrashuvda hisobni ochdi. Uchrashuvdagi keyingi golni esa 14 daqiqa kutishga to'g'ri keldi – tezkor gol o'tkazib yuborganiga qaramay, Davlatmurod Annaev shogirdlari o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi va bir necha bor Rustam Umarov darvozasiga hamla qilishdi, hatto, darvozabonni o'yindan olib, maydonda besh kishi bo'lib hujum tashkil eta boshlashdi. Aynan beshinchi o'yinchining maydonga tushirilishi uchun Turkmanistonning yirik mag'lubiyati uchun asos yaratdi.
Dastlab, 14-daqiqaning o'zida Kogon vakili Dilshod Rahmatov ikki marta Turkmanistonning bo'sh qolgan darvozasini aniq nishonga oldi – ayniqsa, O'zbekiston yarim maydonidan zarba berish orqali kiritilgan ikkinchi gol nihoyatda chiroyli ko'rinish oldi. 18-daqiqada Dilshod Irsaliev O'zbekistonning to'rtinchi golini urgan bo'lsa, 19-daqiqada Dilshod Rahmatov xet-trikni rasmiylashtirdi.
SHunday qilib, uchrashuv birinchi bo'limi 5:0 hisobida Bahodir Ahmedov shogirdlari g'alabasi bilan yakuniga etdi. O'zbekistonlik futzalchilar uchrashuv ikkinchi yarmida ham raqib darvozasiga beshta gol kiritishdi – Dilshod Rahmatov uchrashuvdagi gollari sonini beshtaga etkazgan bo'lsa, Jamoliddin SHaripov uch daqiqa ichida ikkita gol muallifiga aylandi, yana bir gol esa Farhod Abdumavlonov hisobiga yozildi. O'zbekistonning o'nta goliga turkmanlar faqat bir marta – 25-daqiqada Ahmed Kervenov tomonidan kiritilgan yagona bilan javob bera olishdi, xolos.
O'zbekiston futzal terma jamoasi saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 6 noyabr kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 1-turda Qirg'izistonni 8:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan jamoaga qarshi uchrashuv O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladi va Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Turkmaniston esa xuddi shu kuni, xuddi shu maydonda 16:00da Qirg'izistonga qarshi to'p suradi.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2014 saralash
Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi, 1-tur uchrashuvi
5 noyabr, seshanba
O'ZBEKISTON – TURKMANISTON 10:1 (5:0)
Gollar: Artur Yunusov (1), Dilshod Rahmatov (14, 14, 19, 26, 39), Dilshod Irsaliev (18), Farhod Abdumavlonov (32), Jamoliddin SHaripov (36, 38) – Ahmed Kervenov (25).
Ogohlantirish: Jamoliddin SHaripov (40).
O'ZBEKISTON:
Darvozabonlar: Rustam Umarov, Klim Tyugaev.
O'yinchilar: Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, SHuhrat Tojiboev, Artur Yunusov, Maqsud Fayzullaev, Andrey SHlyoma, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov, Jamoliddin SHaripov, Davron CHoriev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov.
TURKMANISTON:
Darvozabonlar: Yenish Ashirov, Bayramov.
O'yinchilar: Annaev, Murodov, Vatan Ataev, Gurbanguli Ashirov, SHatlik Ataev, Ahmedov, Seydiev, Annaguliev, Ko'nirov, Ahmed Kervenov.
Bosh hakam: Jang Youcze (Xitoy).

Fikrlar