So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  0 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  18 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Futzal. “Neftchi”ning Buxoro safari qanday kechdi? Yangiliklar

Futzal. “Neftchi”ning Buxoro safari qanday kechdi?

Teglar :  FutzalNeftchi
Futzal bo'yicha “Neftchi” jamoasi so'nggi turni Buxoroda o'tkazdi.

Safarda o'tgan ilk bellashuvda 1:2 hisobida g'alaba qozongan farg'onaliklar javob bahsida 2:2 natijasida durangga imzo chekishdi. Buxoro safaridan qaytgan jamoa murabbiyi Boburbek Madaminov klub rasmiy sayti uchun qisqacha intervyu berdi.

– “Buxoro” kuchli futzal jamoa hisobnaladi. CHunki avvaldan Buxoroda sportning mazkur turi keng rivojlanib kelgan. Biz esa joriy yildan yangi jamoa tuzdik. SHu sabab o'yin oldidan biroz xayajon kuzatildi. Bahs yaxshi kechdi. G'alabaga  bo'lgan intilishimiz natijasida zafar quchdik deb o'ylayman, – deb gap boshladi  Madaminov

– Ikkinchi o'yinda esa durang kuzatildi. Qo'shaloq g'alabaga nima etishmadi ?


– Ikkinchi bahsda “Buxoro” o'yinni yanada kuchaytirdi. CHunki uyda mag'lub bo'lgan jamoa galdagi o'yinda g'oliblik uchun intildi. Biz ham bo'sh kelmadik. Birinchi bo'limdan so'ng 0:2 hisobida g'alaba qozonayotgan edik. Afsuski, navbatdagi bo'limda “Buxoro” hisobni durang ko'rinishiga olib keldi hamda yakuniy 2:2 natijasi kuzatildi.


– Jamoa ko'rsatayotgan natijalar hamda o'yinidan qoniqyapsizmi ?


-Albatta. Yangi jamoa uchun yuqori natijalar qayd etyapmiz deb o'ylayman. SHu ruhda davom etamiz.

– Futzal jamoalari o'rtasida raqobat qanday ?


– Bu yil xar bir klubning futzal jamoasi bo'lish kerakligi alohida ko'rsatib qo'yildi. SHunga monand etibor va talab ham oshdi. Oqibatda futzal klublari o'rtasida ijobiy, shu bilan birga sof raqobat yuzaga kelyapti.



– Jamoa bosh murabbiy Farrux Zokirovga yordam beryapsiz. Zokirovni O'zbekiston futzal terma jamoasining sobiq azosi sifatida yaxshi bilamiz. Mazkur mutaxassisning murabbiylik sohasidagi faoliyati haqida fikr bildirsangiz ?


– Farrux Zokirovning futzalda tajribasi katta deb o'ylayman. Ortda qolgan o'yinlarda uning murabbiylik salohiyati sabab yaxshi natijalar qayd etib boryapmiz.

– Oldinda “Neftchi”ni viloyat derbisi kutmoqda. “Qo'qon-1912” futzalchilari bilan bahsdan nimalar kutyapsiz?


– Faqat g'alaba! Nafaqat futbolda balki futzalda ham derbilar yuqori suratda kechadi. Bo'lajak o'yinda keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tishi aniq.  SHu sabab muxlislar futzal bellashuvlariga ham kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rardim.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика