So’nggi yangiliklar

13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  0 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  1 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  5 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  5 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  2 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2004 Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2004

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib boryapmiz.

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol"

JCH-2004



Mini futbol bo'yicha beshinchi Jahon chempionati Xitoy Taypeyida o'tkazilgan. 21 noyabrdan 5 dekabrga qadar davom etgan musobaqada qatorasiga ikkinchi bor Ispaniya terma jamoasi g'alaba qozongan.

Falkao etakchiligidagi Braziliya 2000 yil Gvatemala finalidagi mag'lubiyat uchun Ispaniyadan o'ch olish uchun Xitoy Taypeyiga tashrif buyuradi. Guruh bosqichini osongina yakunlagan brazillar kubokni qaytarib olishga tayyor ekanliklarini namoyish etgandek bo'lishdi. Ammo, "Futbol sehrgarlari"ni yarim finalda yana o'sha "Qizil furiya" to'xtatib qoladi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlanadi. Penaltilar seriyasida esa omad ispanlarga kulib boqadi. Braziliya uchinchi o'rin uchun bahsda qitadoshi Argentinaga hech qanday imkon qoldirmaydi - 7:4.

Ispaniya birinchi bosqichda Ukraina, Xitoy Taypeyi va Misr terma jamoalari darvozasiga 19ta to'p kiritib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi. Ikkinchi bosqichda esa CHexiya, Italiya va Portugaliya mag'lub etiladi. Yarim finaldagi o'yinga esa yuqorida to'xtaldik. Xaver Lozano shogirdlari hal qiluvchi bellashuvda Evropaning amaldagi chempioni bo'lgan Italiya terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Qizig'i, Evropa chempionati yarim finalidagi scenariyning aksi bo'ladi. Yani, Evroda Italiya ispanlarni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, mundial finalida ispanlar xuddi shu hisobda ustun kelishadi. SHu tariqa, Ispaniya terma jamoasi qatorasiga ikkinchi marotaba Jahon chempioni degan nomga sazovor bo'ladi.

Braziliyalik Falkao beshinchi mundialning yorqin yulduziga aylanadi. Musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 13ta to'p kiritgan Falkao oltin butsa bilan birga oltin to'pga ham ega chiqadi.



JCH-2004, Final
05.12.2004, "National Taiwan University" sport saroyi
Bosh hakam: Xuan Karlos Skansalepor (Xorvatiya)
Muxlislar: 3500

Ispaniya - Italiya 2:1
Gollar
: Kike 24, Marselo 30 - Sandro Zanetti 40

Ispaniya: Amado, Julio, Torras, Serrexon, Orol, Xavi Rodriges, Kike, Andreu, Limones, Marselo.

Italiya: Feller, Grana, Pellegrini, Montovanelli, Zaffiro, Bertoni, Bakaro, Fabiano, Foglia, Morgado, Sandro Zanetti.

Ogohlantirishlar: Orol 35, X.Rodriges 37



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2004
O'tkazilgan joyi
: Xitoy Taypeyi
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Taypeyi siti, Linkou)
O'tkazilgan sanasi: 21 noyabr - 5 dekabr, 2004 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 50923 (har o'yinga 1273)
Urilgan gollar: 237 (har o'yinga 5.93ta gol)
To'purar: Falkao (Braziliya, 13ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Falkao (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
CHempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Italiya
Uchinchi o'rin - Braziliya
To'rtinchi o'rin - Argentina


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика