So’nggi yangiliklar

13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  0 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  2 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  6 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  20 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  8 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  18 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  37

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992 Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992

SHu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bugundan boshlab shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

JCH-1992

Mini futbol bo'yicha ikkinchi Jahon chempionati FIFAning kichik azolaridan biri bo'lgan Gonkongda o'tkazilgan. Unda huddi birinchisi bo'lgani kabi 6 qitadan 16 jamoa g'oliblik uchun kurash olib borgan. Braziliya terma jamoasi deyarli butun tarkib o'zgargan bo'lishiga qaramay, bu safar ham chempionlikni tantana qiladi. Ular finalda AQSHga hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi (4:1). Ko'pchilik uchun musobaqada kutilmagan holat Eron terma jamoasining to'rtinchi o'rinni egallashi bo'lgan. Afsuski, bu hozirga qadar mundiallarda Osiyo qitasi vakillari qayd etgan eng yaxshi natija bo'lib turibdi.

Braziliya terma jamoasi bu safar raqiblaridan ancha ustun edi. Agressiv va zich o'yin, jamoaviy ruh, juda ham iqtidorli brazillar bilan individual ko'rsatkichlarda ham hech kim bellasha olmas edi. Estako Arauxo shogirdlari birinchi bosqichda Avstraliya, Belgiya va Kosta-Rika termalarini er tishlatishadi. SHu 3 bahsda 21ta to'p kiritib, bor yo'g'i bitta gol o'tkazib yuborishadi. Ikkinchi bosqichda esa bitta durang va ikkita g'alaba. Yarim finalda Ispaniya, finalda esa AQSH bir xil 4:1 hisobida mag'lub etiladi.

Braziliya ana shu mundialda 8ta o'yin o'tkazib, 7 g'alaba va 1 durang qayd etishadi. To'plar nisbati esa 44-7, super natija. Vander, Rafael Ortis va Manuel Tobiaslar o'sha jamoaning asosiy yulduzlari edi.

Eron terma jamoasi ikkinchi bosqichda Ispaniyani 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsada, uchinchi o'rin uchun uchrashuvda 6:9 hisobida ispanlardan engiladi.



JCH-1992, Final
28.11.1992, "Hong Kong Coliseum" sport saroyi
Bosh hakam: Farina Sabino (Paragvay)
Muxlislar: 10466

Braziliya - AQSH 4:1
Gollar:
Jorjino 2, 25, Vander 26, Manoel Tobias 34 - CHiko Borja 22

Braziliya: Serjino, Serjio, Manoel Tobias, Edino, CHikuino, Finino, Morillo, Rojerio Motta, Jorjino, Ortiz, Vander.

AQSH: Viktor Nogueira, Jorj Fernandez, Endi SHmecer, Agoos, Maykl Vindichmann, CHiko Borja, Jim Gabarra, Fernando Klavio, Ted Ek.

Ogohlantirishlar: M.Tobias 3 - CH.Borja 6, E.SHmecer 26



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-1992
O'tkazilgan joyi: Gonkong
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Xung Xom, Cim SHa Cuy)
O'tkazilgan sanasi: 16 - 28 noyabr, 1992 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 50300 (har o'yinga 1258)
Urilgan gollar: 307 (har o'yinga 7.68ta gol)
To'purar: Said Rajabi SHirazi (Eron, 16ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Jonjino (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: AQSH

Sovrindorlar
CHempion - Braziliya
Ikkinchi o'rin - AQSH
Uchinchi o'rin - Ispaniya
To'rtinchi o'rin - Eron


Tolibjon Qosimov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика