So’nggi yangiliklar

15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  0 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  3 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  2 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  3 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  16 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  21

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshilari Yangiliklar

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshilari

Teglar :  Futzal
15-23 iyul kunlari Tailandda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Quyida ana shu musobaqaning g'olib va sovrindorlarini, shuningdek shaxsiy nominaciyalarda eng yaxshi deb topilganlarni fotolar yordamida keltirib o'tamiz.



Yaponiya chempioni "Nagoya Oushens" - Osiyo chempioni.



Iroq chempioni "Nafit Al Vasat" esa kumush medallarni qo'lga kiritdi.



Tailandning "CHonburi Blyuveyv" klubi uchinchi pog'onadan joy egalladi.



Musobaqaning o'tgan yilgi g'olibi "Tasisat Daryoi" (Eron) bu safar yurishini chorak finaldayoq to'xtatishga majbur bo'ldi.



Musobaqada ilk bor ishtirok etgan O'zbekiston chempioni "Olmaliq" ham chorak finaldan ortga qaytdi. Olmaliqliklar keyingi yil ham Osiyo chempionatida qatnashadilar.



2016 yilgi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida eng ko'p muxlis yarim finaldan o'rin olgan "Nafit Al Vasat" (Iroq) va "CHonburi Blyuveyv" (Tailand) bahsiga tushdi. Mezbonlarning finaldan mosuvo bo'lgan o'yinini bevosita arenadan 11050 nafar muxlis tomosha qilib bordi.



BAA chempioni "Dibba Al Xissin" jamoasi "Fair-play" sovrini bilan taqdirlandi.



"CHonburi Blyuveyv" azosi Jiravat Sornvichian 7ta gol bilan musobaqa to'purari bo'ldi.



Iroq chempioni "Nafit Al Vasat"ning eronlik legioneri Farhod Tavakoli musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

 

Klublar o'rtasida Osiyo chempionatining barcha o'yinlari mana shu "Bangkok Arena"da o'tkazildi.


Tolibjon Qosimov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика