Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlandi
06 may 2016 13:42
Yangiliklar


Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlandi
Osiyoninn eng kuchli 12 klubi 4ta guruhga bo'lingan holda kurash olib borishadi. Ular orasida O'zbekistonning amaldagi chempioni "Olmaliq" klubi ham bor. Quraga ko'ra O'zbekiston chempioni "B" musobaqaning amaldagi g'olibi Eronning "Tasisat Daryoi" va Livanning "Al Mayadin" klublariga qarshi kurash olib boradigan bo'ldi.
"A" guruhi: "CHonburi Blyuveyv" (Tailand), "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Vik Vipers" (Avstraliya).
"B" guruhi: "Tasisat Daryoi" (Eron), "Al Mayadin" (Livan), "Olmaliq" (O'zbekiston).
"C" guruhi: "Nafit Al Vasat" (Iroq), "Dalian Yuan Dinasti" (Xitoy), "Dibba Al Xissin" (BAA).
"D" guruhi: "Sanna Kan XOA" (Vetnam), "Al Sadd" (Qatar), "Taipover" (Xitoy Taypei).
Eslatib o'tamiz, musobaqa 15-23 iyul kunlari Bangkonk shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar