Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak final juftliklari
13 avg 2019 16:36
Yangiliklar


Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak final juftliklari
Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha musobaqaning guruh o'yinlari yakuniga etib chorak finalchilar nomi malum bo'ldi. AGMK "B" guruhidan 6 ochko bilan pley-offga yo'l oldi. Endi Aleksandr Petrov shogirdlari 1/4 finalda mezbon jamoa "Port FK" bilan bellashadi.
Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
1/4 final. 14.08.2019
09:00. "Nagoya Oushens" (Yaponiya) - "Vamos Mataram" (Indoneziya)
12:00. "Bank Beyrut" (Livan) - "Mes Sungun" (Eron)
15:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "SHenzen Nanling" (Xitoy)
18:00. "Port FK" (Tailand) - AGMK
Agar olmaliqliklar chorak finalda g'alaba qozonishsa, yarim finalda "Bank Beyrut" - "Mes Sungun" uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar