Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. Yaponiya chempioni Xitoy chempioniga hech qanday imkoniyat qoldirmadi + FOTO
20 iyu 2017 17:38
Yangiliklar


Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. Yaponiya chempioni Xitoy chempioniga hech qanday imkoniyat qoldirmadi + FOTO
Bugun, 20 iyul kuni Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha 2017 yilgi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.
Musobaqaning dastlabki qarama-qarshiligida Xitoy chempioni "SHenjen Nanling Tielang" jamoasi Yaponiya chempioni "SHriker Osaka" bilan kuch sinashdi. "C" guruhidan o'rin olgan ushbu jamoalar bahsida yaponlar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 5:1.
"C" guruhidan uchta jamoa joy olgan. SHu sabab, guruhning yana bir vakili "Sanae Giti Pasand" (Eron) bu tur dam oladi.
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
1-tur, 20.07.2016
"C" guruhi
"SHenjen Nanling Tielang" - "SHriker Osaka" 1:5
Gollar: P.Hafizi 6 - SH.Harigome 5, N.Osodo 10, A.D.Oliveyra 16, S.SHibano 22, T.Sato 37
Ogohlantirishlar: P.Dos Santos 7, L.Zejun 10, P.Hafizi 14 - T.Sato 12, SH.Aji 34
O’xshash yangiliklar
23:45
Nematillo Quttiboev: "Zaxiradan tushgan futbolchilar biz o'ylagandek o'yinni kuchaytira olishmadi" 0

Fikrlar