So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  12 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. "Olmaliq" ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi Yangiliklar

Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. "Olmaliq" ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi

Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqaning 3-tur bellashuvlariga yakun yasaladi. O'zbekiston chempioni "Olmaliq" 3-tur doirasida musobaqa favoritlaridan biri bo'lgan Tailand chempioni "CHonburi Blyuveyv" klubiga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, Aleksandr Petrov shogirdlari ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi. "CHonburi" esa guruhda birinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l oldi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
"D" guruhi

3-tur, 25.07.2016
"Phu Tho Stadium", 12:00

"CHonburi Blyuveyv" - "Olmaliq" 5:0
Gollar:
K.Vongkaeo 1, T.Subhavut 34, J.Ronnachai 36, K.Peerapat 38, CH.Apivat 40
Amalga oshirilmagan dabl penalti: J.Sornvichian 40

"CHonburi Blyuveyv" (birinchi beshlik): 12.Katavut Hankampa, 4.Rudimar Fenansio, 7.Kritsada Vongkaeo, 8.Jiravat Sornvichian, 9.Subhavut Tuenklang.
Zaxira: 1.Arut Senbat, 2.Peerapat Kaevvilai, 3.Suttiroj Nattapon, 5.Ronnachai Jungvonsuk, 6.Nattavut Srirangpirot, 10.Nattavut Madyalan, 11.Apivat CHaemcharoen, 13.Jetsada CHudech, 14.Sorasak Puunjungrid.

"Olmaliq" (birinchi beshlik): 12.Klim Tyugaev, 2.Dilshod Irsaliev, 4.SHuhrat Tojiboev, 6.Javlon Anorov, 7.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 1.Ravshan Eliboev, 3.Ilhom Rajabov, 9.Sunnat Kuralov, 10.Jamoliddin SHaripov, 11.Artur Yunusov, 13.Sirojiddin Mahmudov, 14.Konstantin Sviridov.

Ogohlantirish: D.Irsaliev 40




- Jamoalar arenaga chiqib kelishdi. O'zaro qo'l tashlashgandan keyin jamoaviy suratga tushishdi.

Uchrashuv boshlandi! "Olmaliq"qa omad tilaymiz!

1- Gol. Afsuski, tailandliklar sardori Kritsada Vongkaeo birinchi daqiqadayoq Klim Tyugaevni aldab o'tib hisobni ochdi.

Tailandliklar juda ham oson gol urib olishgandan keyin biroz hotirjam harakat qilishmoqda.

5 - "CHonburi" o'yinchilari bir-birlarini juda yaxshi tushunib o'ynashmoqda. Apivat CHaemcharoen deyarli bo'sh darvozaga o'tkir burchakdan gol ura olmadi.

6 - Jetsada CHudechning to'qqizlikka yo'llagan zarbasini Tyugaev urib yubordi.

7- Abdumavlonovning aniq zarbasini raqib darvozaboni Katavut Hamkampa ushlab oldi.

8 - Zarbaaa, Anorov bitta raqibni aldab Farhod Abdumavlonovni zarba nuqtasiga olib chiqdi. Abdumavlonov esa noaniq zarba berdi. Olmaliqliklar salgina o'zlariga kelib olishdi.

9 - Burchakdan keyin Anorov zarbasini Farhod darvozaga to'g'rilab yuborishga urindi, noaniq.

10 - Tailandliklar hujumlarni juda oson va hotirjam tarzda uyushtirishmoqda.

11 - Artur Yunusovning kuchli zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. Ana shu zarbani berish chog'ida Artur SHaripovning oyog'ini ham qo'shib tepib yubordi va engil jarohat oldi.

13 - Futzalchilarimizga qarshi hujumlarda tezlik etishmayapti.

14 - Jiravat to'pga shunchaki oyog'ini tekkizib qo'yib gol urib ketishi mumkin edi. Yaxshiyam, uning urinishi biroz omadsiz chiqdi.

15 - Tezkor qarshi hujum Yunusovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

Aleksandr Petrov taym-aut oldi.

15 - "Olmaliq" o'ynovchi darvozabonni maydonga tushirdi. O'ynovchi kiper vazifasini Javlon Anorov bajarmoqda.

18 - Endi esa "CHonburi" ustozi Rakhol Sainetgam taym-Aut oldi.

20 - Raqib darvozaboni bo'sh qolgan darvozamizga to'p kiritishi mumkin edi. Irsaliev etib borishga ulgurdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Birinchi bo'lim tailandliklarning g'alabasi bilan yakunlandi, tanaffus.

23 - "Olmaliq" juda yaxshi nuqtadan jarima ishladi. Uni chiroyli amalga oshirishdi, lekin raqib kiperi buni tushundi va to'pni tashqariga chiqarib yubordi.

25 - Peerapatning zarbasini Klim urib yubordi.

27 - O'ynovchi darvozabon bilan yaxshi hujum uyushtirishdi, lekin yakun o'xshamadi.

29 - Ehhh, Abdumavlonov 2 raqibni aldab Tojiboevga imkoniyat yaratib berishga urindi, darvozabon chaqqonroq harakat qildi.

32 - Aleksandr Petrov 2-bo'limdagi taym-aut olish imkonidan foydalandi.

33 - Jamoliddin SHaripov birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi.

"Olmaliq" beshta fol ishlab oldi.

34- "CHonburi"ning braziliyalik legioneri Rudimar hakamni poyladi.

34 - Gol, Subhavut o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Bu vaziyatda Dilshod Irsaliev raqibni aldashga urinib, uni oldirib qo'ydi.

36 - Gol, Subhavutning pasidan keyin Ronnachai Jungvonsuk hisobni yiriklashtirib qo'ydi.

38 - Gol, Sorasak va Peerapatdan ajoyib hujum va gol.

39 - Zarbaaa, Irsaliev birga-bir vaziyatda darvozabonni poyladi.

40 - Yunusovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

40 - Gol, Apivat jamoasining beshinchi golini urdi.

40 - Jiravatning dabl penaltidan bergan zarbasini Ravshan Eliboev qaytardi.



Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика