Futzal. Kirill Ermolov: “O'zbekistonni yaxshi bilamiz”
03 dek 2015 11:18
Yangiliklar
Futzal. Kirill Ermolov: “O'zbekistonni yaxshi bilamiz”
– Kirill, jamoaning eng tajribali futbolchisi sifatida guruhimiz haqida nima deya olasiz? Qura qanchalik omadli bo'ldi?
– O'ylashimcha, bizning guruhda kurash keskin kechadi. So'nggi turga qadar kim chorak finalga chiqishi aniq bo'lmasa kerak.
– Raqiblar haqida nima deya olasiz? Ularga qarshi oldin o'ynaganmisiz?
– O'zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz. Xatto bazi futzalchilar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib ham turamiz. Livan bilan oldin o'ynaganmiz. Bitta narsani aytishim mumkin – bu chaqilmas yong'oq. Saudiya Arabistoni esa "chiroyli ko'zlari" uchun Osiyo chempionatiga chiqmagan. Guruh borasida omadimiz keldi deya olmayman, lekin qura yanada og'ir kelishi mumkin edi.
Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston Osiyo chempionatida "A" guruhida musobaqa mezboni O'zbekiston, Livan va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar