Futzal. Kakau: "G'alabani Qozog'iston Prezidentiga bag'ishlaymiz"
02 dek 2014 13:07
Yangiliklar

Futzal. Kakau: "G'alabani Qozog'iston Prezidentiga bag'ishlaymiz"
"Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri birinchi kunida o'zaro bellashgan Qozog'iston hamda Ozarbayjon terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng qo'shnilarimizning braziliyalik bosh murabbiyi Rikardo Sobral (Kakau)ning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bugungi g'alabadan juda xursandman. Yigitlarga rahmat aytaman. O'z vaqtida "Qayrat" safida Evropa va Jahon chempioni bo'lganman, lekin bugungi g'alaba men uchun eng muhimi hisoblanadi. Ozarbayjondek kuchli jamoani taslim qilganimizdan mamnunman. Bugun Qozog'istondagi faoliyatimning eng unitilmas kuni. Sababi 1 dekabr Qozog'istonda "Prezident kuni" hisoblanadi. Ushbu g'alabani mamlakatning muhtaram Prezidentiga bag'ishlayman.
SHogirdlarim barcha ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi, taktik va texnik jihatdan mukammal o'ynadik.
Ozarbayjon ikkita golni bizga sovg'a qildi deya olmayman. Sababi biz buni mashg'ulotlarda ishlab chiqqanmiz. Yana takrorlayman Qozog'iston bugun tarixiy g'alabaga erishdi. Darvozabonimiz Igita ajoyib o'ynadi. U men uchun dunyoning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi".
Tolibjon Qosimov

Fikrlar