So’nggi yangiliklar

12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  1 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  4 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  4 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  9 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  3 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  7 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  8 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  7 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  27 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15

Futzal. JCH-2016. O'zbekiston mundialni mag'lubiyat bilan boshladi Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. O'zbekiston mundialni mag'lubiyat bilan boshladi

Futzal bo'yicha Jahon chempionatiga start berildi.

O'zbekiston terma jamoasi birinchi turni Panama terma jamoasiga qarshi o'tkazmoqda.


JCH-2016
1-tur, 11.09.2016
Kali, "Kolizeo el Pueblo"

O'zbekiston - Panama 1:3

Bosh hakam: Muhammad Hassan Ahmad Yusuf (Misr)
Ikkinchi hakam:
Xolid Xnich (Marokash)
Uchinchi hakam:
Adalbert Diuf (Senegal)
Vaqtga masul hakam:
Xose Katemo (Angola)

Gollar: J.Anorov 39 - Kastrellon 16, M.De Leon 30, F.Mena 36


O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.SHuhrat Tojiboev, 5.Davron CHoriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Xamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.

Panama: (birinchi beshlik): 12.Jeymi Londono, 3.Oskar Xinks, 5.Fernando Mena, 6.Edgar Rivas, 8.Karlos Perez.
Zaxira: 1.Daniel Atensio, 13.Joze Viktoria, 2.Joshua Braun, 4.Xorxe Perez, 7.Klaudio Gudrij, 9.Anxel Sanches, 10.Maykl De Leon, 11.Abdiel Kastrellon, 14.Ariel Kastillo.

Ogohlantirish: D.Irsaliev 31, J.Anorov 34 - J.Braun 19, E.Rivas 31



MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. Mundialni mag'lubiyat bilan boshladik.

40. Zarbaaa, Rahmatovning zarbasini darvozabon qaytardi.

39. Goooooooollllll, Javlon Anorovvvv, 1:3.

38. Panama ustozi taym-aut oldi.

36. Afsuski, yana bir bor yo'l qo'yilgan qo'pol xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Bu safar Abdumavlonov to'pni raqibga oldirib qo'ydi va gol. Gol muallifi - Fernando Mena.

36. Xose Mariya Mendez taym-aut oldi.

35. Yunusovning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq.

34. Bu safar Javlon Anorov to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi.

33. Dilshod Irsaliev to'pni qo'li bilan to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

32. Zarbaaa, Sviridovning zarbasini darvozabon Londono urib yubordi.

31. Edgar Rivas ogohlantirildi.

30. Gol, afsuski Davron CHorievning qo'pol xatosidan so'ng Maykl De Leon jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

26. Abdumavlonov payt poylaguncha raqib to'pni undan olib qo'ydi.

24. Zarbaaa, yana zarbaaa, yana zarbaaa... Afsuski, gol yo'q. Avvaliga Irsalievning zarbasi to'singa tegib qaytdi, keyin CHorievning zarbasini darvozabon qaytardi. Ketidan yana bir zarba bu safar noaniq ketdi.

23. Zarbaaa, Umarov to'pni qo'li bilan otib Yunusovni oldinga chorladi, Arturning zarbasini darvozabon qaytardi.

22. Panama futzalchilari to'pni yon chiziqdan kiritishda xatoga yo'l qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim Panamaning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

20. Zarbaaa, Artur Yunusovning zarbasini darvozabon qaytardi.

20. Rahmatovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

19. Joshua Braun ogohlantirildi.

17. Zarbaaa, Eliboevning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

16. Gol, afsuski vakillarimiz o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishdi, 0:1. Gol muallifi - Kastrellon.

16. Xose Mariya Mendez taym-aut oldi.

 15. Sanches juda kuchli zarba berdi, yaxshi hamki noaniq.

14. Irsalievning xatosidan keyin Umarov jamoamizni goldan qutqarib qoldi.

13. Dilshod Irsalievning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

13. Nodir Eliboev va Maykl De Leon birgalikda darvozaga borib urilishdi.

12. Zarbaaa, Umarovdan chi royli seyv. Barakalla Rustam! SHu daqiqada Panama ustozi taym-aut oldi.

12. Irsalievning zarbasini darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Zarbaaa, Avvaliga CHorievning, keyin esa Irsalievning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Eh...

Arenada O'zbekistondan borgan muxlislarimizning olqishlashlari eshitilmoqda.

9. Rahmatov zarba berish uchun qulay vaziyatda to'pni chap oyog'iga to'g'rilab olguncha raqiblar to'pni undan olib qo'yishdi.

9. Hozircha kichik ustunlik Panama tomonda.

7. Zarbaaa, Irsalievning zarbasini darvozabon qaytardi. Anorovning zarbasi esa noaniq.

5. Raqiblarimizning jarimadan bergan zarbasini Eliboev qaytarib qoldi.

5. Anorovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

3. Rustam Umarov o'yindagi birinchi seyvini namoyish etdi.

2. Panamaning hujumi jarima maydonchamizda biroz sarosimani yuzaga keltirdi.

2. Panama jarima zarbasi oldi, ularning jarimalari juda xavfli.

O'yin boshlandi. Olg'a yigitlar!

Bugun O'zbekiston terma jamoasi futzalchilari mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga qora bog'ich bilan harakat qilishadi.

Endi esa Panama madhiyasi yangramoqda.

Dastlab mamlakatimiz madhiyasi yangramoqda.

Har ikki jamoa o'yinchilari "Kolizeo el Pueblo" sport majmuasining parketiga chiqib kelishdi.

O'zbekiston hamda Panama davlat bayroqlari arenaga olib chiqildi.

Assalom alaykum qadrli futzal ishqibozlari! Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi yurishini boshlaydi. Birinchi turda vakillarimiz Panamaga qarshi kurash olib boradilar. Uchrashuv 04:00da boshlanadi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика