So’nggi yangiliklar

10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  0 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  0 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  0 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  4 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1 05:09АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида иродали тарзда "Лестер"ни мағлуб этди  6 01:20АПЛ. "Бўрилар" "Қизил иблислар"ни ғажиб ташлади  30 00:57Энцо Мареска: "95-дақиқада гол ўтказиб юбориш ёқимсиз"  3 00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  23 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  4 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  16

Futzal. Jahon chempionati ishtirokchilarining asosiy "qurollari" Yangiliklar

Futzal. Jahon chempionati ishtirokchilarining asosiy "qurollari"

Tez orada futzal bo'yicha 2024 yilgi jahon chempionati start oladi.

Mazkur turnirda dunyoning eng kuchli futzalchilari ishtirok etadi. SHu munosabat bilan ishtiroki jamoalarning asosiy o'yinchilari bo'lishi kutilayotgan futzalchilar bilan tanishamiz.


"A" guruhi

O'zbekiston

O'zbekiston mezbon sifatida jahon chempionatida ishtirok etishiga qaramay, Osiyo chempionatida uchinchi o'rinni egalladi. "Oq bo'rilar" o'z tarixida uchinchi marotaba mundialda ishtirok etadi va 2021 yildagi natijasini yana-da yaxshilashga harakat qilishadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Dilshod Rahmatov

Husniddin Nishonov

Abror Axmetzyanov

Mazkur futbolchilar jamoaning so'nggi vaqtlarda uchrashuvlarida asosiy rollarni o'ynamoqda. Ularning ko'zga ko'rinishida jamoadoshlarining ham o'rni benihoya. Rahmatov ulkan mahorat egasi sanalsa, Nishonov ham etarlicha tajribaga ega bo'lib ulgurdi. Abror Axmetzyanov esa jamoaning yosh va shijoatli kashfiyotlaridan hisoblanadi. Turnir davomida mazkur futzalchilardan ko'p narsa kutiladi.

Niderlandiya

Niderlandiya 1989 yil o'tkazilgan ilk jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Ayub Buxari (Niderlandiya terma jamoasining UEFA saralash bosqichidagi eng yaxshi to'purari)

Karim Mossaui

Manuel Kueyk

"Lolaranglilar" Finlyandiyaga qarshi Evropa qitasi pley-off o'yinida g'alaba qozonib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Uchar gollandlar" yaxshi tarkibga ega va ular yana o'z mahoratini ko'rsatishga harakat qilishadi.

Paragvay 

Paragvay joriy yil Amerika kubogida to'rtinchi o'rinni egallab, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. La Albirroja (oq va qizillar) 7 marotaba mundialda qatnashib, 2016 yil chorak finalga qadar etib borgan.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Damian Mareko

Xaver Salas

Alan Roxas

Salas saralash bosqichida Paragvayning asosiy figurasi bo'lib keldi va turnirda ham muhim rol o'ynashi kutilmoqda.

Kosta-Rika

Kosta-Rika hozirga qadar 5 marotaba mundialda ishtirok etgan, biroq jamoa turnir tarixida atigi 4 ta g'alabaga erishgan. SHimoliy Amerika mamlakati mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, o'z rekordini yaxshilashga urinib ko'radi. 

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Minor Kabaleta (2024 yilgi CONCACAF chempionatida 4 ta gol)

Milinton Tijerino (2024 yilgi CONCACAF chempionatida 3 ta gol)

Diego CHavarriya

2016 yil nimchorak finalga chiqishni uddalagan Kosta-Rika etakchilari bilan hech bo'lmaganda, eng yaxshi natijasini takrorlashga urinib ko'radi.

"B" guruhi

Braziliya

Braziliya jahon chempionatida eng ko'p chempion bo'lgan jamoa hisoblanadi. "Pentakampeonlar" besh marotaba bosh sovrinni qo'lga kiritib, mazkur nomga ega bo'lgan. Biroq "Seleção" so'nggi titulga 2012 yil erishgan.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar 

Diego Zuffo (Bugungi kunda dunyoning eng tajribali va mohir yarim himoyachilaridan biri)

Pito (dunyoning eng yaxshi tayanch o'yinchilaridan biri)

Leandro Lino

Braziliya jahon chempionatlari tarixida bor-yo'g'i 4 o'yinda mag'lubiyatga uchragan, bu esa ularning yillar mobaynida qay darajada hukmronlik qilganini namoyon etadi. Garchi oxirgi mundiallarda jamoaning ishi unchalik muvaffaqiyatli bo'lmasa-da, Braziliya hamon chempionlikka asosiy nomzodlardan biri sanaladi.

Kuba

Kuba o'z tarixida besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etganiga qaramay, atigi bitta o'yinda g'alaba qozona olgan. 

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar 

Jonatan Ernandes

Kevin Rueda

Iduan Martines

"Karib dengizi sherlari" 2024 yilgi CONCACAF chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda mundial yo'llanmasi sohibiga aylandi. Lotin Amerikasi mamlakati endilikda ushbu muvaffaqiyatni davom ettirishga harakat qilishadi.

Xorvatiya

Xorvatiya ilk bor 2000 yil jahon chempionatida ishtirok etgan. O'zbekistondagi mundial esa evropaliklar uchun ikkinchisi hisoblanadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar 

Franko Elovchich (94 o'yinda 56 ta gol urgan, bundan tashqari kuchli himoyalanish xususiyatiga ega)

Luka Perich

Dario Marinovich (89 o'yinda 68 gol bilan Xorvatiyaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi)

"SHaxmatchilar" jahon chempionatiga pley-off o'yinlari orqali yo'l oldi. Biroq to'purar o'yinchilar bilan birga turnirda sermahsul natija ko'rsatishga harakat qilishadi.

Tailand

Tailand hozirga qadar 6 marotaba jahon chempionatida ishtirok etgan bo'lib, uch marotaba guruhdan keyingi bosqichga chiqishni uddalagan.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Muhammad Osamanmusa (3 gol bilan Tailand terma jamoasining Osiyo Kubogi-2024'dagi to'purari)

Supxavut Tueanklang (12 ta gol bilan Tailand terma jamoasining jahon chempionatidagi eng yaxshi to'purari)

Arut Senbat

Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatining eng yaxshi natijasi nimchorak final hisoblanib, ularda O'zbekiston o'z natijasini yaxshilashga harakat qilishadi.

"C" guruhi

Argentina

2016 yilgi jahon chempioni, 2021 yil kumush medallarni qo'lga kiritgan Argentina terma jamoasi O'zbekistondagi mundialda, shubhasiz, favoritlar qatoridan o'rin oladi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar 

Niko Sarmento (2016 va 2021 yillardagi jahon chempionatida ketma-ket 2 marta "Oltin qo'lqop" sovrinini qo'lga kiritgan)

Kiki Vaporaki

Lukas Tripodi

Vaporaki va Borruto (Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi eng yaxshi to'purari) epchillik va to'p bilan muomala qilish mahorati bilan "La Albiceleste"ning asosiy hujum qo'rg'onini tashkil etadi. Tripodi va Sarmento esa mudofaalanishda asosiy rol o'ynaydi. 

Ukraina

Ukraina saralash guruh bosqichida peshqadamlikni qo'lga kiritgan holda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Sariq-ko'klar" 5 marotaba mundialda ishtirok etib, 1996 yil yarim finalga qadar etib borgan.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Ihor Korsun (saralash bosqichida 11 ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egallagan)

Nazar SHved

Petro SHoturma

Ukraina kamida pley-off bosqichiga yo'l olishni maqsad qilgan. Jamoada saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yaxshi tarkib shakllangan.

Afg'oniston

"Xuroson sherlari" O'zbekistondagi jahon chempionatida debyutini o'tkazadi. Yosh va shijoatli Afg'oniston musobaqa kashfiyotlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Muhammad Javod Safari

Mahdi Navro'zi

Akbar Kozimiy (Osiyo kubogi saralash bosqichida 6 ta gol urgan)

Afg'oniston Osiyo kubogida kuchli to'rtlikdan o'rin olmagan bo'lsa-da, yirik musobaqada o'zini ko'rsatish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi, shubhasiz.

Angola 

Angola 2021 yil Litvada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ilk bor ishtirok etdi, biroq birorta o'yinda g'alaba qozona olmadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Braulio Fontura 

CHiko (7 ta gol bilan 2024 yilgi Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylandi)

Helber Garsiya (7 ta gol bilan 2024 yilgi Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylandi)

"Qora antilopalar" Afrika kubogida ikkinchi o'rinni egallagan holda ketma-ket ikkinchi marotaba mundialga yo'l oldi. Futbolchilarning holati yuqori darajada ekanligini inobatga olsak, bu safar jamoadan yaxshiroq natija kutilmoqda.

"D" guruhi

Ispaniya

Ispaniya hozirga qadar 9 marotaba jahon chempionatida ishtirok etgan bo'lib, eng muvaffaqiyatli jamoalardan biri hisoblanadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

CHino

Migel Mellado

Adolfo Fernandes (saralash bosqichida 6 ta gol bilan Ispaniyaning eng yaxshi to'purari bo'ldi)

Ikki karra mundial chempionlari saralash bosqichida guruh g'olibiga aylandi. "Qizil furiya" turnirning asosiy favoritlaridan biri sanaladi.

Qozog'iston

Qozog'iston UEFA saralash bosqichida guruh g'olibi sifatida O'zbekistonda o'tkaziladigan mundial ishtirokchisiga aylandi. "Lochinlar" mundialda to'rtinchi marotaba qatnashadi va 2021 yil egallagan to'rtinchi o'rin natijasini yaxshilashga urinib ko'rishadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Duglas Junior (7 gol bilan Qozog'iston terma jamoasining jahon chempionatidagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi)

Taynan

Leo Igita

Mazkur jahon chempionati Junior uchun so'nggisi bo'lishi mumkin, shu bois, uning individual muxlislari ko'p narsa kutishadi.

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya 2024 yilgi jahon chempionatida ilk marotaba debyut qiladi. "Oqlar" Okeaniya Millatlar kubogida g'alaba qozonib, mundial ishtirokchisiga aylandi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Xordi Ditfort

Dilan Manikum (2023 yilgi Okeaniya Millatlar kubogining eng yaxshi futzalchisi)

Hemish Grey

Yangi Zelandiya futzalchilari mintaqaviy musobaqa har tomonlama o'z iqtidorlarini namoyish etishib, dunyo miqyosidagi turnirda ham raqobatlasha olishi mumkinligini isbotladi.

Liviya

Liviya uchinchi marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi va o'z tarixida ilk bor g'alaba qozonishga urinib ko'radi. Afrikaliklar avvalgi musobaqalarda biror o'yinda raqibidan ustun kelmagan.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Mahmud Al Vahob

Ali SHoshan (qita turnirida 5 ta gol bilan Liviyaning eng yaxshi to'purariga aylandi)

Muhammad Said

Liviya Afrika Millatlar kubogida 3-o'rinni egallagan holda munidalga yo'l oldi. Jamoa tarkibida yaxshi o'yinchilar bor, biroq ularni kuchli raqiblar kutib turibdi.

"E" guruhi 

Portugaliya

Musobaqaning amaldagi g'oliblari o'z titulini himoya qilishga harakat qilishadi. Portugaliya oxirgi jahon chempionatida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Rikardinosiz qanday o'yin namoyish etishi qiziq.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Endryu Koelo

Pani Varela (2021 yilgi jahon chempionatida "kumush to'p" va "kumush butsa" sohibi)

Ziki Te (UEFA saralash bosqichida 6 ta gol urgan)

Portugaliya, albatta, turnir favoritlaridan biri hisoblanadi. Ularning tarkibida etarlicha resurslar mavjud.

Panama

Panama shu paytga qadar uchta jahon chempionatida qatnashgan, biroq hozircha yaxshi natija qayd eta olmagan. "Los Canaleros" mazkur noxush ananaga barham berish ilinjida maydonga tushadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Alfonso Makvensi

Xayme Penalosa

Abdiel Ortis

Panama uch mundialda ikki bor g'alaba nashidasini surishgan. O'zbekiston maydonlarida ular navbatdagi tantanasini nishonlashga urinib ko'rishadi.

Tojikiston

"Fors sherlari" O'zbekistondagi jahon chempionatida debyutini o'tkazadi. Jamoa Osiyo kubogida munosib ishtirok etib, yakunda 4-o'rinni egalladi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Firuz Bekmurodov

Fayzali Sardorov

Dilshod Salomov

Tojikiston Osiyo chempionatida O'zbekistonga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, kuchli quruq qolgandi. Mazkur mundialda ham jamoaning kashfiyotlardan biri bo'lishi kutilmoqda.

Marokash

Marokash Afrika Millatlar kubogi g'olibi sifatida jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa butun turnir davomida ustunlik namoyish qildi va shu jihatni mundilda davom ettirishga harakat qiladi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Bilol Bakkali

Sufian Al Mesrar

Sufyan SHari (2024 yilgi Afrika Millatlar Kubogida 7 ta gol bilan to'purarlardan biriga aylandi)

"Atlas sherlari" mustahkam tarkibga ega. Qolaversa, afrikaliklar so'nggi turnirda chorak finalga qadar etib borishgan.

"F" guruhi 

Eron

Eron so'nggi yillarda jahonda favoritlar qatorida etirof etiladi. Forslar 2016 yil uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan va o'z qitasidagi muosbaqada natijasini yana-da yaxshilashga harakat qilishadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Asqar Hassanzoda

Husayn Tayyebi

Muslim Oladgobad

Husayn Tayyebi jamoani etaklovchilaridan biri bo'ladi va uning o'yinlarini tomosha qilish darkor. SHuningdek, Eronning yana bir istiqbolli o'yinchisi Said Ahmadabbosi hisoblanib, u Osiyo kubogida 8 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylangan.

Venesuela

Venesuela ketma-ket ikkinchi marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi. Ularning debyuti yomon o'tmagandi, jamoa nimchorak finalga qadar etib bordi. Bu safar "to'q qizillar" yana bir qadam olinga qadam tashlashga urinishadi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Kevin Briceno

Jan Truxilo (2024 yilgi Amerika kubogida to'rtta gol urgan, shu jumladan, Ekvadorga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan)

Uilmer Kabarkas

Venesuela qita chempionatida uchinchi o'rinni egallagan holda mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa kuchli raqiblarga ham noqulaylik yaratishga qodir.

Gvatemala

Gvatemala hozirga qadar besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo biror marta guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan. O'zbekistonda ular noxush ananaga chak qo'yishga harakat qiladi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Roberto Alvarado (saralash bosqichida 7 ta gol urgan)

Marvin Sandoval (CONCACAF chempionatida eng yaxshi to'purar sovrinini qo'lga kiritgan)

Patrik Ruis

Gvatemala uchinchi o'rinni egallagan holda mundial yo'llanmasiga ega chiqqan. Ular to'pga egalik qilish va markaziy zonada harakatlanish borasida mohir sanaladi.

Franciya

Ajablanarlisi shundaki, Franciya o'z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. "Les Bleus" saralash bosqichida guruh g'olibligini qo'lga kiritdi.

Diqqat markazida bo'lishi kutilayotgan futzalchilar

Abdusamad Muhammad (saralash bosqichida 9 ta gol urdi)

Mamamu Ture

Suhayl Muhudin (saralash bosqichida 9 ta gol urdi)

Franciya kuchli himoya va shijoatli hujumchilarga ega bo'lib, debyutida kamida pley-off yo'llanmasi uchunkurashadi.

Futzal bo'yicha jahon chempionati tarixiga oid maqolalar bilan ushbu sahifa orqali tanishishingiz mumkin


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика