So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Futzal. Eronda bo'lib o'tayotgan U-20 Osiyo chempionati haqida qisqacha Yangiliklar

Futzal. Eronda bo'lib o'tayotgan U-20 Osiyo chempionati haqida qisqacha

Teglar :  FutzalEron
SHu kunlarda Eronning Tabriz shahrida futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Avvalo shuni aytish kerak, ushbu musobaqa OFK tarixida ikkinchi borr tashkil qilinyapti. Birinchisi 2017 yilning 16-26 may kunlari Tailandda o'tkazilgan bo'lib, bunda eronlik yosh futzalchilar finalda iroqlik tengqurlarini 2:0 hisobida mag'lub etishgandi.

Ikki yil oldingi musobaqada O'zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi ham qatnashib, vakillarimiz 3-o'rin uchun kechgan bahsda Tailandga 1:8 hisobida mag'lub bo'lishgan.

Lekin bu yilgi musobaqada O'zbekiston qatnashmayapti, bunga sabab biz saralash o'yinlarida Tojikistondan o'ta olmaganmiz. Ikki yil oldigi futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida 21ta jamoa qatnashgandi. Bu yilgisida OFK 12 jamoa ishtirokida turnirni o'tkazishni lozim topdi.

Ishtirokchilar:


"A" guruhi - Afg'oniston, Eron, Gonkong.
"B" guruhi - Tailand, Livan, Qirg'iziston.
"C" guruhi - Yaponiya, Vetnam, Tojikiston.
"D" guruhi - Indoneziya, Iroq, Xitoy Taypeyi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo'l oladi. Musobaqa finali 22 iyun kuni bo'lib o'tadi.

SHu paytgacha bo'lib o'tgan o'yinlar:

Xitoy Taypeyi - Iroq 2:5
Tojikiston - Yaponiya 1:3
Qirg'iziston - Tailand 2:4
Gonkong - Eron 3:7
Indoneziya - Xitoy Taypeyi 6:3
Vetnam - Tojikiston 2:1
Livan - Qirg'iziston 3:2
Afg'oniston - Gonkong 6:1
Iroq - Indoneziya 1:2
Yaponiya - Vetnam 2:1

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yindan so'ng guruh o'yinlari o'z yakuniga etadi.

Tailand - Livan
Eron - Afg'oniston

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика