So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  9 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Futzal. Eron - Qirg'iziston uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. Eron - Qirg'iziston uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari

Teglar :  EronQirg'iziston
16 fevral kuni Osiyo chempionati chorak finalidan oldin 8ta jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Eron - Qirg'iziston bosh murabbiyi murabbiylari o'z fikrlarini bildirishdi.


Muhammad Nazem: Ertangi o'yin juda ham qiziqarli kechishi kutilmoqda. CHunki ertangi uchrashuvlarda mundial chiptasi o'ynaladi. Raqibimiz Qirg'iston haqida iliq fikrlar bildirsa bo'ladi. Umuman olganda Qirg'iziston kuchli jamoa.

- Qirg'iziston terma jamoasining kuchi nimada?
- Bu musobaqada barcha o'yindan-yinga kuchayib bormoqda. SHu jumladan Qirg'iziston ham.

- Jamoa sardori Muhammad Keshavarz jarohat olgandi. U ertaga maydonga tushishga tayyormi yoki o'rniga boshqa futzalchi o'ynaydimi?
- Keshavarz ertangi o'yinda jamoamizga yordam bera olmasligi mumkin. CHunki unda jarohat mavjud. Agarda hammasi joyida bo'ladigan bo'lsa, Keshavarz yarim final va finalda o'ynaydi.


Andrey Polxovskiy: Bu to'qnashuvda fqqol favorit bu Eron. Buni barchamiz va muxlislarimiz ham tushunib turishibdi. Eron raqibigaimkoniyat qoldirmay o'ynaydi. Bu jamoa tarkibida juda kuchli futzalchilar jamlanishgan va murabbiyi ham ancha tajribali hisoblanadi. Biz ertaga autsaydermiz sifatida maydonga tushamiz. Eron uchrashuv mobaynida maydonda deyarli umuman bo'sh hududlar qoldirmay harakat qilishadi.

- Ertangi o'yindan oldin yo'qotishlar bormi?
- Tarkibimizda kichik jarohati bor bo'lgan o'yinchilar bor. Lekin shifokorlarimiz ish olib borishmoqda, ertaga eng kuchli tarkib bilan o'ynaymiz.

- Ertangi bahsda shoigrdlaringiz ruhiy tomonlama tayyormi?
- Ha, biz ruhan tayyormiz. Bu kabi o'yinlarda odatda kuchli jamoa g'alaba qozonadi. Agarda raqib kuchli va ikkinchi jamoa raqibidan kuchsiz bo'lsa, unda tashkil etiladigan 500 ta o'yindan faqatgina bittasida kuchsiz jamoa g'alaba qozonishi mumkin. Ertaga balki shunday bo'lib qolar. Har holda biz guruhdan chiqsak Eronga duch kelib qolishimizni bilardik.

“Dina” va “Norilskiy Nikel” klublariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdingiz. Bu orqali Eronga qarshi o'yinga tayyorlandingizmi?
- Yo'q. Rossiya klublari safida Hassanzoda yoki boshqalar yo'q (kuladi). To'g'ri bu klublar kuchli, ammo Eronning saviyasi baribir yuqori.

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика