Futzal. Eduardo Borjes: "O'ynovchi darvozabon evaziga zafar quchdik"
03 dek 2014 15:34
Yangiliklar

Futzal. Eduardo Borjes: "O'ynovchi darvozabon evaziga zafar quchdik"
"Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri doirasida o'tkazilgan Belarus - Ozarbayjon (1:2) uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Eduardo Borjesning fikrlari bilan qiziqdik.
"O'yin yaxshi o'tdi. Faqat g'alaba uchun o'ynagandik. O'ynovchi darvozabon evaziga zafar quchdik. Barcha futzalchilar yaxshi harakat qilishdi. Vaziyatlardan unumli foydalana oldik", - deydi Eduardo Borjes.
- Ikkala golni o'ynovchi darvozabon harakat qilayotganda urdinglar. Bu mashg'ulotlarda ishlab chiqilgan taktikami?
- Biz har bir mashg'ulotda o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilishni mashq qilamiz. Bir kun oldin Qozog'istonga qarshi bahsda shu narsa bizga pand bergandi, bugun esa bu taktika bizga omad keltirdi.
- Raqib jamoa safida kimni eng yaxshi deb ayta olasiz?
- Belarus terma jamoasi safida darvozabon yaxshi o'ynadi. Biroq qator vaziyatlarda o'z darvozasini himoya qila oldi.
- So'nggi turda O'zbekiston bilan o'ynaysizlar. Ushbu uchrashuvdan oldingi fikrlaringiz...
- O'zbekiston kuchli jamoa, ham taktik, ham ruhan. Tribunadagi muxlislar ham ularga muxlislik qilishadi. Nasib qilsa bu o'yinda ham g'alaba qozonamiz.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar