"O'yin yaxshi o'tdi. Faqat g'alaba uchun o'ynagandik. O'ynovchi darvozabon evaziga zafar quchdik. Barcha futzalchilar yaxshi harakat qilishdi. Vaziyatlardan unumli foydalana oldik", - deydi Eduardo Borjes.
- Ikkala golni o'ynovchi darvozabon harakat qilayotganda urdinglar. Bu mashg'ulotlarda ishlab chiqilgan taktikami?
- Biz har bir mashg'ulotda o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilishni mashq qilamiz. Bir kun oldin Qozog'istonga qarshi bahsda shu narsa bizga pand bergandi, bugun esa bu taktika bizga omad keltirdi.
- Raqib jamoa safida kimni eng yaxshi deb ayta olasiz?
- Belarus terma jamoasi safida darvozabon yaxshi o'ynadi. Biroq qator vaziyatlarda o'z darvozasini himoya qila oldi.
- So'nggi turda O'zbekiston bilan o'ynaysizlar. Ushbu uchrashuvdan oldingi fikrlaringiz...
- O'zbekiston kuchli jamoa, ham taktik, ham ruhan. Tribunadagi muxlislar ham ularga muxlislik qilishadi. Nasib qilsa bu o'yinda ham g'alaba qozonamiz.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi