Futzal. Dilshod Irsaliev: "Qita chempionatining Toshkentda o'tishi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi"
06 dek 2015 11:00
Yangiliklar


Futzal. Dilshod Irsaliev: "Qita chempionatining Toshkentda o'tishi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi"
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlangach O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Irsalievning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bizga oson guruh tushgani yo'q. Ammo narigi guruhda Eron borligini inobatga olsak guruhdan faqat birinchi o'rinni olib chorak finalga chiqishimiz kerak".
"To'g'ri Livan va Qirg'izistonga qarshi Osiyo chempionatlarida umuman yutqazmaganmiz. Lekin Livan bilan o'yinlar doim og'ir o'tgan. Qo'shnilarimiz Qirg'izistonga qarshi bahslar ham qiyin kechgan".
"Qita chempionatining Toshkentda o'tishi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. O'yinlar davomida muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga katta yordam berishi aniq. Nasib qilsa muxlislarimiz bilan birga Jahon chempionati yo'llanmasini tantana qilamiz", - deydi Dilshod Irsaliev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar