Futzal. Dilshod Irsaliev: "Bunyodkor"ga qarshi o'ynash yildan-yilga qiyinlashib bormoqda"
23 noy 2015 14:44
Yangiliklar


Futzal. Dilshod Irsaliev: "Bunyodkor"ga qarshi o'ynash yildan-yilga qiyinlashib bormoqda"
Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi kungi bahslarda "Ardus" klubi "Bunyodkor"ni mag'lub etgan holda turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. O'yindan so'ng ikkita gol urib "Ardus" g'alabasiga munosib hissa qo'shgan Dilshod Irsaliev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bunyodkor" 2-3 yildan beri yoshlarini o'ynatib kelmoqda, o'z navbatida yoshlar tajriba orttirib borishmoqda. SHuning uchun ham "Bunyodkor"ga qarshi o'ynash yildan-yilga qiyinlashib bormoqda. Lekin, shunga qaramasdan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan holda g'alabani qo'lga kiritdik.
Raqib darvozasini ikkinchi darvozabon qo'riqladi, balki asosiy darvozabon Oleg Tukmakov bo'lganida o'yin boshqacha bo'lishi ham mumkin. Lekin, ikkinchi darvozabon ham yaxshi o'ynadi", - deya o'z fikrini bildirdi Dilshod Irsaliev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar