Futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati. Finalda sensaciya ro'y bermadi
22 iyu 2019 21:30
Yangiliklar


Futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati. Finalda sensaciya ro'y bermadi
Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bugun o'z nihoyasiga etdi.
Finalda Yaponiya va Afg'oniston futzal jamoalari o'zaro bahs olib borib, yaponiyalik yoshlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. SHunday qilib Yaponiya U-20 terma jamoasi musobaqada chempionlikni qo'lga kiritdi. Sensacion tarzda finalga qadar etib kelgan Afg'oniston yoshlari esa kumush medal bilan cheklanishdi.
Sal avval Eron yoshlari Indoneziyani 9:1 hisobida mag'lub etib uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar