Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
06 sen 2019 13:16
Yangiliklar


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyada o'tadigan “MNC Futsal Championship 2019” xalqaro musobaqasidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun ilk o'yinini Malayziyaning “KL Siti FK” klubiga qarshi o'tkazdi va 9 ta gol farqi bilan g'alaba qozondi.
O'zbekiston – “KL Siti FK” (Malayziya) 9:0
Gollar: Husniddin Nishonov (2), Akbar Usmonov (11), Ixtiyor Ropiev (17), Sunnatila Jo'raev (18), Dilmurod Jumaev (23), Dilshod Rahmatov (25), Davron CHoriev (32), Ixtiyor Ropiev (34), Abdulla Solihov (35).
Takidlash joiz, terma jamamiz keyingi o'yinini ertaga, 7 sentyabr kuni Indoneziya termasiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar