So’nggi yangiliklar

01:05ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси йирик ғалабага эришди, Остон Ўруновники эса меҳмонда мағлуб бўлди  6 00:56Эртага янги форматдаги УЕФА Чемпионлар лигасини ZO'R TVда кўрамиз  1 00:33"Бавария" Октоберфест шарафига тайёрланган формасини кўрсатди  1 00:12"Унион"нинг 19 ёшли дарвозабони Арсланнинг оёғини кесиб ташлашди  1 23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  5 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  6 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  14 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0 19:43"Ал Васл" устози: "Пахтакор" жорий мавсум кўп гол урмаган бўлса ҳам, кам гол ўтказган, яъни жамоа ўйинида тартиб бор"   3

Futzal bo'yicha JCH. Tojikiston terma jamoasi dastlabki turda Marokashga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Tojikiston terma jamoasi dastlabki turda Marokashga mag'lub bo'ldi

O'zbekistonda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionati birinchi turidan o'rin olgan Tojikiston - Marokash uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Jahon chempionati

1-tur. "E" guruhi

Tojikiston - Marokash 2:4

Gol:  9.Otman Boumezou 1', Otman Boumezou 29, Samandar Rizomov 33, Sofyan CHarraoui 37, Idris Raiss El Fenni 38, Fayzali Sardorov 38,

Toshkent. "Humo Arena". 20:00

Tojikiston (dastlabki beshlik):  2.Firuz Bekmurodov, 5.Samandar Rizomov, 6.Idris Yorov, 10.Nekruz Alimahmadov, 11.Komron Aliev,

Zaxira: 1.Nuriddin Jabarov, 3.Abduqayum Umarov, 4.Nasratsho Ismoilov,, 7.Bahodur Xojaev, 8.Muhammadjon SHaripov, 9.Fayzali Sardorov,  12.Umed Kuziev, 13.Baxtiyor Soliev, 14.Dilshod Salomov.

Bosh murabbiy: Payrav Vohidov (Tojikiston).

Marokash (dastlabki beshlik): 1.Abdulkarim Anbia, 3.El Ayen Anas, 9.Otman Boumezou, 10.Sofyan El Mesrar, 14.Idris Raiss El Fenni.

Zaxira:  2.Anas El Ayyane, 4.Muhammad Kamol, 5.Otman Elidrissi, 6.Sofyan Borite, 7.Ismoil Amazal, 8.Sofyan CHarraoui,  11.Xolid Bouzid, 12.Muhammad CHeridou, 13.Yussuf Bensellam,  

Bosh murabbiy: Hisham Dguig (Marokash).


Uchrashuv yakunlandi. Yakuniy hisob 2:4.

39. TAYM-AUT!!!! Marokash terma jamoasi tanaffus qilishga qaror qildi. 

38. GOOOLLLL!!!! Fayzali Sardorov hisobni qisqartirdi.

38. GOOL!! Marokashlik Idris Raiss El Fenni hisobni yiriklashtirdi. Hisob 4:1

38. Hakam Idris Yorovga dastlab sariq kartochka ko'rsatdi, 5 soniya o'tar o'tmas ikkinchi kartochka ko'rsatildi va bu avtomatik tarzda qizil kartochkaga aylandi.

37. GOOOL!!! Tojikistonlik futzalchi o'z darvozasi yaqinida to'pni yo'qotdi, Sofyan CHarraoui esa bunday xatoni kechirmadi va gol urdi.

36. Tojikiston darvozaboni omadini hujumda sinab ko'rdi, lekin darvozabon to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

34. Marokashlik futzalchi kuchli zarbasi bilan darvoza to'sinini nishonga oldi.

33. GOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Samandar Rizomov hisobni qisqartirdi.

32. Ikki jamoa ham birga-bir vaziyatga ega bo'lishdi, ammo darvoza to'sini va raqib darvozaboni o'z jamoalirini qutqarishdi.

31. ZARBAAAA!!!! Muhammadjon SHaripov darvozabonni aldab o'tib, ustun va to'sin to'sishmasini poyladi. Qaytgan to'pga esa, Fayzali Sardorov noaniq zarba berdi.

29. GOL!!! Marokashlik futzalchi Otman Boumezou qarshi hujumda raqiblarni kechirmadi va bosh qolgan darvozaga to'pni yo'llab qo'ydi. Hisob 2:0

28. Dilshod Salomovdan xavfli zarba.

27. SEYYYV!!! Firuz Bekmurodov birga-bir vaziyatda o'z jamoasini qutqardi.

27. Tojikiston terma jamoasi xavfli jarima zarbasiga ega bo'ldi.

26. SEYYYV!!! Marokashlik darvozabon yana bir marotaba seyv qayd etdi.

25. Tojikiston terma jamoasining 11 raqamli futzalchisi Komron Aliev qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo darvozabon o'z urnida.

24. Tojikiston xavfli vaziyat yarata oldi, ammo marokashlik darvozabon o'z o'rnida.

23. Marokash futzalchisi Sofyan El-Mesrar raqib darvozasiga tomon zarba yo'lladi, ammo zarba noaniq chiqdi.

22. Tojikiston terma jamoasi hujumga o'tishni boshladi, ammo hujumlar zarba bilan yakun topmayapti.

Hakam hushtagini chaldi va ikkinchi bo'lim boshlangani elon qildi.

20. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Tojikiston kichik hisobda Marokashga imkoniyatni boy bermoqda.

20. Qanday imkoniyat? Raqibning xatosidan so'ng tojikistonlik futzalchi Baxtiyor Soliev qulay vaziyatga chiqqandi, ammo u bergan zarbani darvozabon qaytardi.

19. Birinchi taym so'ngida Marokash aktivlashdi.

18. Tojikiston gol urishga intilmoqda, Marokash esa qarshi hujumlardan o'z omadini izlamoqda.

Darvoqe, o'yinni ikki ayol hakam boshqarib bormoqda:

Birinchi hakam: Zambrano Oriana (Venesuela)

Ikkinchi hakam: Anelize Meyr SHulz (Braziliya)

16. Marokashdan yana bir qarshi hujum. Sofyan El Mesrar o'tkir burchakdan turib, bo'sh qolgan darvoza ustunini nishonga oldi.

15. Marokashdan xavfli qarshi hujum, ammo Firuz Bekmurodov (Tojikiston) o'z o'rnida.

14. Tojikiston ustunlikni to'liq qo'lga oldi. Endi gol kerak.

12. Zarbaa! Fayzali Sardorovning (Tojikiston) zarbasini yana Abdulkarim Anbia (Marokash) bartaraf etdi.

10. Zarbaaaa! Idris Yorov super zarba yo'lladi, ammo marokashlik kiper vaziyatni bartaraf etdi.

10. Tojikiston ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda. 

9. Ajoyib seyv! Tojikiston darvozaboni Firuz Bekmurodov raqibning kuchli va aniq zarbasini qaytardi.

8. Tojikiston terma jamoasida ajoyib imkoniyat. Ular tomonidan berilgan kuchli zarbani marokashlik himoyachi arang qaytarib yubordi.

5. O'yin juda shiddatli kechmoqda. Ikki jamoa ham keskin kurashlardan qochmayapti. "Humo Arena"da ikki jamoaning muxlislari ham talaygina. 

1. GOOOL! Marokash o'yin boshlanishi bilanoq hisobni ochdi. Otman Boumezou  gol muallifi! Qo'shnilarimizda vaziyatni o'nglash uchun vaqt etarli.

1. O'yin boshlandi!

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
16 sen 21:47:31
Мирзаев Б
Аммо томошабоп уйин булди иккаласиям тезкор футбол курсатишди айникса марокаш тезакан
+1   
16 sen 20:48:59
Uzb_futbol8
Tojiklar zo‘r o‘ynebdi. Ikkalasi xam zo‘r o‘yin ko‘rsatebdi
-1   
16 sen 21:28:37
Tohir P
Tojik futzalchilaridek ahmog'i bo'lmasa kerak
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика