Futzal bo'yicha ayollar o'rtasida Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga chiqa olmadi
09 may 2018 21:21
Yangiliklar
Futzal bo'yicha ayollar o'rtasida Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga chiqa olmadi
Taylandda futzal bo'yicha ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi o'yin o'tkazdi.
Avaz Maxsumov shogirdlari Yaponiyaga qarshi o'yinda 5:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. Terma jamoamiz tarkibida yagona golga Rushaniya Safina mualliflik qilgan. SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakuniga etkazdi. Vakillarimiz jami 3ta o'yin o'tkazib, 1ta g'alaba va 2ta mag'lubiyat qayd etishdi.
Futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati.
Yaponiya — O'zbekiston 5:1
O'zbekiston: L.Tilovova, Z.Nazarova, X.Dadaboeva, I.Turdalieva, F.Turdiboeva
Zaxira: M.Burhonova, N.Kamoltoeva, T.Zarbieva, N.Kudratova, I.Turdalieva, R.Safina, M.SHoyimova, M.Jonimqulova, T.Zarbieva,
Yaponiya: Ayaka Yamomoto, Yokoyama Junko, Anna Amishiro, Egava Riyo, Fujito Mio.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar