Futzal. Birinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi
21 okt 2014 08:20
Yangiliklar

Futzal. Birinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi
Kecha futzal bo'yicha XIX milliy chempionatga start berildi.
Muxlislar birinchi kundanoq murosasiz va keskin kurashlarga guvoh bo'lishdi. Quyida 2014-2015 yilgi mavsum birinchi turi, birinchi kunidagi eng, eng, englarni etiboringizga havola etamiz.
Eng keskin o'yin: "Bunyodkor" - "Paxtakor" 5:2
Toshkent derbisini birinchi kunning eng yaxshi va eng keskin o'yini deb topdik. Garchi hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsada, o'yin yuqori tempda o'tdi va eng muhimi jamoalar butun uchrashuv davomida yuqori tempni ushlab turishdi. SHunga yarasha har ikki klub o'yinchilari bir-birlarini ayab o'tirishmadi, bu bahs tomoshabinlarni bir lahzaga bo'lsada chalg'ishlariga imkon bermadi.
Eng asabiy murabbiy: Abdujabbor Gapparov (“Maksam-CHirchiq”)
CHirchiqliklar Qarshining “Do'stlik-AIN” jamoasi bilan 3:3 hisobida durang o'ynashdi. Bu o'yin “Maksam-CHirchiq” bosh murabbiyi Abdujabbor Gapparovning asab tolalarini qo'zg'atib yubordi, murabbiyning uchrashuv paytidagi hissiyotga berilishlarini alohida lavha qilib yig'sa bo'ladi.
Eng yaxshi o'yinchi: Andrey SHlema (“Olmaliq”)
Mamlakat chempionatining amaldagi to'purari yangi mavsumni xet-trik bilan boshladi. O'tgan mavsumni “Lokomotiv” jamoasida o'tkazgan futzalchi kecha aynan “temiryo'lchilar” bilan bahsda uchta to'p kiritdi. U parketda haqiqiy “jangchi” va qiyin vaziyatlarda o'yinni o'ziga ola biladi.
Eng chiroyli gol: Farhod Miraxmatov (“Lokomotiv”)
“Lokomotiv” etakchisi Farhod Miraxmatov jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotganda darvozabon libosini kiydi va beshinchi o'yinchi bo'lib harakat qila boshladi. O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lmish Rustam Umarov darvozasiga bir qarashda oddiydek ko'ringan, lekin kutilmagan va murakkab zarbani ijro etdi. U o'ng oyog'ining birinchi harakati bilan himoyachi va darvozabonni chalg'itib, ikkinchi harakati bilan deyarli yo'q joydan hisobni qisqartirdi. Afsuski, bu gol ham uning jamoasiga yordam bera olmadi, yakuniy hisob: 2:5.
Eng yaxshi darvozabon: Bekzod Hasanov (“Nafis”)
Garchi Samarqandning “Nafis” jamoasi “Ardus”ga yutqazgan bo'lsada, darvozabon Bekzod Hasanovning mahorati hisobning yirik ko'rinish olmasligini taminladi. Tajribali darvozabon bir nechta murakkab zarbalarni bartaraf etdi.
Eng yaxshi jamoa: “Bunyodkor”
Mavsum oldidan o'z etakchisi va sardori Baxtiyor Umarovsiz qolgan “qaldirg'ochlar” kecha irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. O'zlari uchun principial raqib bo'lgan “Paxtakor”ga qarshi o'yinda birinchi bo'lib o'z darvozalaridan to'p olib chiqishlariga qaramay, yakunda yirik g'alabani tantana qilishdi. Bu jamoalarning Associaciya kubogi chorak finalidagi bellashuvida “sherlar” 8:5 hisobida ustun kelishgan edi, demak, o'sha mag'lubiyat uchun o'ziga xos revansh olindi desa ham bo'ladi.
Eng omadsiz jamoa: “Paxtakor”
Uchrashuv davomida birinchi bo'lib gol urishlariga qaramasdan mag'lubiyatga uchragan Ravshan Jabborov shogirdlari uchun haqiqiy omadsiz kun bo'ldi. Klub uch ochkodan maxrum bo'lishdan tashqari, olingan qizil kartochkalar tufayli “Lokomotiv”ga qarshi bugun o'tkaziladigan o'yinda ikkita asosiy o'yinchilarining xizmatidan foydalana olmaydi.
SHuningdek, birinchi kunning ramziy jamoasini ham tuzib chiqdik. Ushbu ramziy jamoaga bitta darvozabon va sakkizta o'yinchini kiritdik.
Darvozabon: Bekzod Hasanov (“Nafis”)
O'yinchilar: Alisher Yusupov (“Kogon”), Farhod Miraxmatov (“Lokomotiv”), Andrey SHlema (“Olmaliq”), Mashrab Odilov (“Bunyodkor”).
Zahiradagi o'yinchilar: Dilshod Irsaliev (“Ardus”), Davron Valijonov (“Bunyodkor”), Javlon Anorov (“Olmaliq”), G'ulom Mamajonov (“Nasaf”).
Tolibjon Qosimov

Fikrlar