So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

Futzal. "B" guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani Yangiliklar

Futzal. "B" guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani

Teglar :  Futzal
Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlangan turnir-oldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda Eron bosh murabbiyi Muhammad Nazem, Iordaniya ustozi Salah Abu Jafer, Iroq ustozi Haitham Abbas va Xitoy bosh murabbiyi SHan Zxiping qatnashishdi.

Muhammad Nazem: “Assalomu alaykum. O'zbekistonga mana shu musobaqani o'tkazishda omad tilamoqchiman. Futzal Osiyo qitasida tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Eron terma jamoasi musobaqada shou uyushtirib berishdan umidvormiz.
Biz Osiyo chempionatida bosqichma bosqich amalga oshirishni istaymiz. Birinchi navbatda guruhdan chiqish haqida o'ylayapmiz. Bizda musobaqada ishtirok etish bo'yicha yaxshi tajriba mavjud. Eron 10 marta chempion bo'lgan. O'zbekistonga 11-bor qita chempioni bo'lish uchun keldik.

Salah Abu Jafer: “Avvalo tashkiliy qo'mitaga minnatdorchilik bildiraman. Iordaniya ilk bor Osiyo chempionati final bosqichiga chiqdi. Debyutimizni O'zbekistondagi musobaqada o'tkazamiz. Bu ham Iordaniya terma jamoasi uchun ham, Iordaniya futbol Federaciyasi uchun ham katta yutuq hisoblanadi. Biz Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'quv mashg'ulot yig'inlari va o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Musobaqada guruh bosqichidan chiqishga urinib ko'ramiz. Buni uddalaymiz deb o'ylayman.

Haitham Abbas: “Eng avvalo OFK va O'FFga tashkiliy ishlarda yordam bergani uchun, mehmondo'stlik uchun katta rahmat aytaman. Bu musobaqa yaxshi holatda o'tishiga xizmat qilishi shubhasiz. Asosiy maqsadimiz avvalo guruhdan chiqish. Beshta jamoa Jahon chempionatiga borishini bilamiz. Har bir jamoaga hurmat bilan qaraymiz. Iordaniya, Xitoy va Eronni raqib sifatida hurmat qilamiz. Ammo o'z o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz. Guruhdoshlarimga minnatdorchilik bildiraman va barchaga rahmat aytaman”.

SHan Zxiping: “Bu musobaqada ishtirok etishimizdan xursandman. Bizga barcha sharoitlarni yaratib bergan OFK va O'FFga alohida tashakkurlarimni bildirib qolaman. Xitoy terma jamoasi Osiyo chempionatiga 18 yanvardan boshlab kirishdi va 20 kuncha Toshkentdagi qita chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rdik. Musobaqada ishtirok etishdan bosh maqsad eng avvalo guruhdan chiqish va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish”.



- Ertangi o'yinlardan oldin qanday fikrlaringiz bor?

Xitoy ustozi: - Uchrashuvda g'alaba qozonishdan umidvormiz.

Iroq ustozi: - Ertaga Xitoyga qarshi o'ynaymiz. Bu juda kuchli jamoa. Tezkor futzalchilarga ega. Bor imkoniyatimizni ishga solib g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Iordaniya ustozi: - Iordaniya Osiyoda o'z reytingiga ega bo'lmagan jamoa hisoblanadi, Eron esa Osiyoda birinchi raqamli jamoa hisoblanadi. Futzalning go'zalligi shundaki ertaga eng kuchsiz jamoalardan biri eng kuchli jamoaga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatishga urinadi.

Eron ustozi: - Har bir musobaqada ilk o'yin doim qiyin kechadi. Biz buni yaxshi tushunamiz. Iordaniyaga qarshi uchrashuvga bor kuchimizni yig'ib tushamiz. Undan keyin navbatdagi bahslar haqida o'ylaymiz.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика