Futzal. Associaciya kubogi-2016. Yarim final juftliklari va taqvimi
29 okt 2016 17:27
Yangiliklar
Futzal. Associaciya kubogi-2016. Yarim final juftliklari va taqvimi
Dastlabki bahsda "Five Star" "O'zDTV"ni mag'lub etgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda "Olmaliq" jamoasi "Bunyodkor"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. CHorakning uchinchi o'yini esa turnirning bezagiga aylandi. Musobaqaning amaldagi g'olibi "Ardus" hamda "Do'stlik-AIN" muxlislarga juda ham qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'yin namoyish etib berishdi. Unda qarshiliklar qo'shimcha bo'limlarda g'alaba to'pini kiritishdi. Kunning so'nggi bahsida esa Namanganning "Dimaretti" jamoasi "O'zSQB"ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Quyida yarim final juftliklari va taqvimini keltirib o'tamiz.
Associaciya kubogi-2016
Yarim final, 30.10.2016
14:00. "Do'stlik-AIN" - "Five Star"
16:00. "Dimaretti" - "Olmaliq"
O'yinlar "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar