Futzal. Artur Yunusov Vetnamda ilk sovrinni qo'lga kiritdi FOTO + Video
20 iyu 2015 16:20
Yangiliklar
Futzal. Artur Yunusov Vetnamda ilk sovrinni qo'lga kiritdi FOTO + Video
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Artur Yunusov yaqinda Vetnamga yo'l olgan edi.
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish uchun Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga o'tgan Artur yangi jamoasi bilan ilk sovrinni qo'lga kiritdi.
Vetnamda o'tkazilgan turnirda jami 8 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib bordi. Turnir finalida Yunusov to'p tepayotgan "Tay Son Nam" jamoasi "Sanna Kxan Xoa" klubini 4:0 hisobida mag'lub etib turnir g'olibiga aylandi. Etiborli tomoni, Artur Yunusov finalda jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.
Quyida "Tay Son Nam" hamda "Sanna Kxan Xoa" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvida kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar