So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Futzal. Artur Yunusov O'zbekiston MTJga JCHda omad tiladi Yangiliklar

Futzal. Artur Yunusov O'zbekiston MTJga JCHda omad tiladi

Futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ sobiq o'yinchisi Artur Yunusov O'zbekistondagi o'tadigan JCHda vakillarimizga omad tiladi.

"2016 yilgi Osiyo kubogida Iroqni engach, men o'zimni dunyoning eng baxtli insoni sifatida his qilganim yodimda. CHunki bu g'alaba bizning shuncha yillik mehnatimiz va orzumiz sanalgan Jahon chempionati yo'llanmasini taqdim etgan edi. CHunki biz necha yillar davomida kuchlilar sifatida etirof etilsakda, bu yo'llanmani qo'lga kirita olmayotgan edik. Bu biz uchun juda katta yutuq bo'lgan. Ayniqsa men uchun. CHunki uzoq muddatli tiklanishdan so'ng futzalga qaytgan paytlarim edi. Bu uzoq muddatli tayyorgarlik mahsuli.

Biz mazkur yo'llanmani qo'lga kiritgach, o'zimizni ettinchi osmonda his qilgan edik. Balki shu sabab ham debyut Jahon chempionatidagi natijalarimiz u qadar yuqori bo'lmagandir. Lekin nima bo'lganda ham biz tarix yarata oldik.

Hozirgi terma jamoa haqidagi fikrlarim ijobiy. Osiyo chempionatida ular Ispaniyalik murabbiy boshchiligida yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bir qancha yoshlarning yanada o'sayotgani sezildi. Umid qilamanki, ular Jahon chempionatida yanada kuchli o'yin ko'rsata olishadi. Ular guruhdan chiqishlari shart. Bu eng minimum vazifa. Maksimumi esa medallarga ega chiqish. Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz shu sabab ham maqsadni yuqori qo'ysa bo'laveradi. Yana bir yutug'imiz bu muxlislar madadini his qila olishdir. Muxlislarning uchrashuvlarda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashi bizga kuch bag'ishlashi aniq. Tarixiy mundialda yigitlarga omad tilab qolaman", — dedi Yunusov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика